UzAuto Motors imkoniyati cheklanganlar uchun mashinalar ishlab chiqmoqda

© UzAuto MotorsKompaniya UzAuto Motors obyavila o zapuske mashin dlya voditeley-invalidov
Kompaniya UzAuto Motors obyavila o zapuske mashin dlya voditeley-invalidov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
UzAuto Motors kompaniyasi avtomashinalarni imkoniyati cheklangan haydovchilar uchun maxsus texnika bilan jihozlashni boshladi.  

TOShKENT, 15 yanv - Sputnik. UzAuto Motors kompaniyasi imkoniyati cheklangan haydovchilar uchun ular buyurtmasiga asosan mashinalar ishlab chiqarishni yo‘lag qo‘ydi. Bu haqda “Uzavtosanoat” korxonasining axborot xizmati ma’lum qilmoqda. 

Qayd etilishicha, UzAuto Motors kompaniyasi avtomashinalarni imkoniyati cheklangan haydovchilar uchun maxsus texnika bilan jihozlashni boshladi.  Ushbu mashinalarda ikkilamchi avtomobilni qo‘lda boshqarish mumkin bo‘lgan sharoitlar o‘rnatilgan.

© UzAuto MotorsKompaniya UzAuto Motors obyavila o zapuske mashin dlya voditeley-invalidov
UzAuto Motors imkoniyati cheklanganlar uchun mashinalar ishlab chiqmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Kompaniya UzAuto Motors obyavila o zapuske mashin dlya voditeley-invalidov

Ikkilamchi qo‘lda boshqarish qurilmasi davlat standartizatsiyasining barcha talablariga moslangan bo‘lib, uni o‘rnatish xaridorning buyurtmasiga asosan  Cobalt, Gentra va Spark avtomobillariga o‘rnatiladi.

Oyoq funksiyasi buzilgan haydovchilar uchun mo‘ljallangan qurilma faqat zarur elementlar bilan ta’minlanadi. Avtomobilni shu tarzda jihozlamoqchi bo‘lgan mijozlar Uzautomotors.com rasmiy saytida ko‘rsatilgan rasmiy dilerlarga murojaat qilishlari mumkin.

Qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida – 600 ming nafar imkoniyatlari cheklangan insonlar yashaydi. UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan yaratilayotgan ushbu sharoit imkoniyati cheklangan fuqarolarning jamiyat siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida faol bo‘lishlariga turtki bo‘ladi.

© UzAuto MotorsKompaniya UzAuto Motors obyavila o zapuske mashin dlya voditeley-invalidov
UzAuto Motors imkoniyati cheklanganlar uchun mashinalar ishlab chiqmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Kompaniya UzAuto Motors obyavila o zapuske mashin dlya voditeley-invalidov
Yangiliklar lentasi
0