10:03 24 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
29610

Shavkat Mirziyoyev sovet davrida, mustaqillikning dastlabki yillarida va bugungi parlament va saylovchilar ongi haqida gapirdi.

TOSHKENT, 20 yanv – Sputnik. Yangi chaqiriq Qonunchilik palatasining birinchi majlisida soʻzga chiqqan Shavkat Mirziyoyev bugungi kunda Oʻzbekistonda saylovchilarining siyosiy tafakkuri va demokratik bilimlari oʻsganiga eʼtibor qaratdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

“Saylovlar xalqimizning ongi tafakkuri oʻzgarganini, kechagi saylovchilar bugungi saylovchilar emasligni butun dunyo ishondi”, - dedi Oʻzbekiston prezidenti.

Shuningdek, prezident bu safargi saylovlar xalqaro talab va standarlarga javob beradigan darajada oʻtganinini ham alohida qayd etdi. 

Amaliyotimizda birinchi marta saylov jarayonini boshqarish boʻyicha avtomt tizim va saylov yagona roʻyxati joriy etildi. Ogʻir jinoyat sodir etmagan mahkumlarga ilk bor ovoz berish imkoniyati yaratildi.

"Biz munosib qonun qabul qilib, hammani lol qoldirishimiz kerak. Gʻurur va iftixor hammaga ham munosib boʻlmaydi", - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Men 1989 yildagi saylov va parlamentni yaxshi eslayman. Oʻzbekiston tizimini yoʻq qilishga sekundlar qoluvdi. Juda katta tayyorgarlik boʻlgan. Bir kishining munosabati bilan tizimni saqlab qolgan edik. Men oʻshanda Oʻzbekiston Birinchi prezidentimiz, hurmatli Islom Abdugʻaniyevich yonida boʻlganman. Oʻsha paytlar Moskovdan parlament aʼzolari kelib oʻtirardi. Hamma tomoshabin edi.

Biz Mustaqillik yillari qiyin va mashaqqatli yoʻlni bosib oʻtdik. Koʻp xatolar ham boʻldi. Biz buni unutmasligimiz kerak. Shu xatolarni qaytarmaslik uchun biz Oʻzbekiston yangi parlamenti tuzyapmiz. 

Asosiy mavzular