Prezident deputatni o‘z saylovchilari bilan bog‘lovchi ilovani ishga tushirishni taklif qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na pervom posle viborov zasedanii Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na pervom posle viborov zasedanii Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev majlisda deputatlarni o‘z saylovchilari bilan bog‘lash imkoniyatini beradigan elektron portal va mobil ilovalarni ishga tushirish lozimligini ta’kidladi.

TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi majlisida deputatlarni o‘z saylovchilari bilan bog‘lash imkoniyatini beradigan elektron portal va mobil ilovalarni ishga tushirish taklif qildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qilmoqda.

Majlisda saylovchi va deputatning o‘zaro munosabatlariga axborot texnologiyalarini keng joriy etish, internet tarmog‘i orqali parlament va deputat so‘rovini shakllantirish amaliyotini yo‘lga qo‘yish darkorligi ta’kidlandi. 

“Xalq bilan muloqot tizimini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqib, deputatlarni o‘z saylovchilari bilan bog‘lash imkoniyatini beradigan elektron portal va mobil ilovalarni ishga tushirish lozim. Toki ana shu tizim orqali saylovchi deputatning kundalik ishini kuzatib borish, qonun loyihalarini muhokama qilish va ular bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirish imkoniga ega bo‘lsin. Ya’ni, deputat faoliyatiga uning saylovchilari bevosita baho bersin. Ana shundagina fuqaro va parlament o‘rtasida xalqimiz bizdan kutayotgan haqiqiy ko‘prik paydo bo‘ladi”, – dedi prezident.

Shuningdek, “Mening fikrim” veb-portali ishini takomillashtirish, unga tushayotgan murojaatlarni televidenie va boshqa ommaviy axborot vositalarida deputatlar, mutaxassislar, keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi. 

Yangiliklar lentasi
0