00:09 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
72611

Bosh prokuratura kollejdan magistraturagacha va hatto vazirlik muassasalarida ham poraxoʻrlik avj olganiga, oliygohlarda bir necha bor sudlangan kishilar ishlayotganiga eʼtibor qaratdi.

TOSHKENT, 20 yanv - Sputnik. Bosh prokuratura Oʻzbekiston  taʼlim tizimining har bir boʻgʻinida, kollejdan magistraturagacha poraxoʻrlik avj olganini aniqladi.  

Xabarda aytilishiga koʻra, oʻtgan 2019 yilda: 

  • kollej va litseylarda esa 34 nafar direktor, 31 nafar direktor oʻrinbosari, 94 nafar oʻqituvchi jinoyatga qoʻl urgan;
  • institut va universitetlarda 3 nafar rektor, 5 nafar prorektor, 15 nafar dekan va ularning oʻrinbosarlari, 62 nafari oʻqituvchilar boʻlgan;
  • magistratura yoʻnalishi boʻyicha Milliy universitet va Nukus davlat pedagogika institutlarining bir necha xodimlari aniqlangan;
  • vazirlik muassasalarida - 16,7 mlrd soʻmlik moliyaviy qonunbuzarlik holatlari aniqlangan, soʻnggi 2 yilda 326 nafar xodim javobgarlikka tortilgan.

2019 yilning avgust oyida internet orqali oʻtkazilgan soʻrovda   Yuridik, Iqtisodiyot, Milliy, Axborot texnologiyalari universitetlari hamda Tibbiyot akademiyasi korruptsiya eng koʻp tarqalgan oliy oʻquv yurtlari sifatida koʻrsatilgan.

Asosiy mavzular