00:08 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
581 0 0

Uch yuz ming soʻm aliment uchun mushtumzoʻr ota MIB xodimini urib qovurgʻasini sindirdi va 6 oyga qamaldi.

TOSHKENT, 20 yanv - Sputnik. Ota bir nafar farzandi uchun 300 ming soʻm aliment toʻlovini toʻlashdan bosh tortib, hujjat ijrosini yuritayotgan MIB xodimini kaltakladi

Qayd etilishicha, Fargʻonaning Rishton tumanida istiqomat qiluvchi qarzdor M.Melibev bir nafar farzandi uchun toʻlanishi kerak boʻlgan 300 ming soʻm aliment toʻlovini toʻlashdan bosh tortgan. U aliment undiruvi ijro hujjatini yurituvchi MIB xodimini kaltaklagan.  

Qarzdor tomonidan kaltaklangan MIB xodimi yiqilib, tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Jabrlanuvchi 1 hafta davomida davolanish muolajalarini olgan.

Qarzdor ota bu qilmishini odindan rejalashtirmaganligini, MIB xodimlariga hech qanday shaxsiy adovati boʻlmaganligini aytadi. Biroq MIB xodimining kaltak zarbidan olgan tan jarohatlari birgina kechirim bilan tuzalib qolmas edi.

Rentgen tekshiruvlariga koʻra, bemorning oʻng oʻmrov suyagi, uchinchi oʻng qovurgʻasining orqa tomoni singanligi aniqlangan.

Sud hukmiga koʻra, M.Meliboyev oʻz vazifasini bajarayotgan MIB xodimini kaltaklagani uchun 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Asosiy mavzular