00:48 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
151110

Rossiya FA Gorbatov nomidagi oziq-ovqat tizimlari, iqtisodiy va tahliliy tadqiqotlar va IT-texnologiyalar ilmiy markazi rahbari Dmitriy Gordeyev Qozogʻistonda qoramollarni eksport qilish taqiqlanishi Oʻzbekistonga qanday taʼsir qilishi haqida oʻz fikrlarini bildirdi.

Qozogʻiston yirik va mayda chorva mollarini mamlakatdan olib chiqishni taqiqladi, chunki oʻta koʻp miqdordagi eksport tufayli goʻsht narxi asossiz ravishda koʻtarildi.

Rossiyalik ekspertning fikriga koʻra, bu turdagi embargo Oʻzbekistonda goʻsht taqchilligi va goʻsht mahsulotlar narxlarining koʻtarilishiga olib keladi.  

“Hozircha aniq raqamlar haqida gapirish erta. Agar Oʻzbekiston hukumati goʻsht etishmaslik muammosini oʻz vaqtida hal qilsa, narxlar biroz koʻtariladi. Agar muammo qisqa vaqt ichida hal qilinmasa, narxlar 10 va 20 foizga koʻtarilishini koʻrishimiz mumkin. Hammasi Oʻzbekiston bozorining bu embargoga qanday reaktsiya qilishiga bogʻliq”, - deb taʼkidladi Gordeyev.

Uning soʻzlariga koʻra, goʻshtni qayta ishlash korxonalar va qassobxonalar ham zarar koʻradi, ular xom ashyo bilan taʼminlanishi sezilarli darajada kamayadi.

Ekspert Oʻzbekistonda "zamonaviy texnologiyalar va ilmiy yutuqlardan foydalangan holda goʻsht ishlab chiqarish" yoʻlga qoʻyish zarurligiga eʼtibor qaratdi.

“Uy xoʻjaligida chorva mollarini koʻpaytirish tajribasi allaqachon eskirgan va koʻp jihatdan Oʻzbekistonda goʻshtni qayta ishlash rivojlanishiga zarar yetkazmoqda, shuning uchun shoshilinch ravishda goʻsht sanoat ishlab chiqarishini tiklash zarur”, - deydi ekspert.

Mutaxassis respublika Rossiya, Mongoliya, Belarus, Ukraina, Germaniya, Niderlandiya, Kanada, Vengriya va boshqa mamlakatlarda yangi goʻsht yetkazib beruvchilarni topishga harakat qilishi mumkin. Biroq goʻsht joʻnatuvchi korxonaning uzoq masofada joylashuvi goʻsht xom ashyosi narxiga ham taʼsir qiladi, deya xulosa qildi Gordeyev.

Asosiy mavzular