09:41 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
505 0 0

“Human” bandlik agentligidan jabrlangan fuqarolar boshqa xususiy bandlk agentligi tomonidan xorijda ish bilan taʼminlanmoqda.

TOSHKENT, 21 yanv - Sputnik. “Human” xususiy bandlik agentligidan jabrlangan fuqarolarning yana bir guruhi xorijga ishga joʻnatilmoqda. Bu haqda tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xodimi maʼlum qildi.

Bir oz avval Qashqadaryo viloyatida Xorijiy ish beruvchilarning mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtgan endi. Yarmarka doirasida “Migration consulting agency” xususiy bandlik agentligi tomonidan “Human” xususiy bandlik agentligidan jabrlangan  5 nafar fuqaroga Bolgariyada ishlash uchun ish vizasi bor pasport va chiptalar taqdim etilgan.

Joriy yilning 23 yanvar kuni ushbu fuqarolar vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Bolgariya davlatiga uchib ketadilar.

Bugungacha “Human” xususiy bandlik agentligidan jabrlanganlarning 35 nafari Bolgariyaga ishga joʻnatilgan.

Qayd etilishicha, ayni damda jabrlangan har bir fuqaroning holati oʻrganilib, ularni kasbga oʻrgatish, ish bilan taʼminlash, tadbirkorlikka jalb qilish va boshqa xususiy bandlik agentliklari orqali xorijga ishga yoʻnaltirish masalalari koʻrib chiqilmoqda.

Asosiy mavzular