O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 33,9 mln kishini tashkil etdi

© Sputnik / StringerPrazdnovanie Navruza v Tashkente
Prazdnovanie Navruza v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston aholisining soni 2019-yil boshidan 650,3 ming kishiga yoki 2,0 foizga o‘sdi. Aholining 11,4 foizi Samarqand viloyatida yashaydi.

TOShKENT, 27 yanv – Sputnik. O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2020-yil 1-yanvar holatiga 33, 9 mln kishini tashkil etdi. Aholi soni 2019-yil boshidan 650,3 ming kishiga yoki 2,0 foizga o‘sdi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.

Keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, 2020-yil 1-yanvar holatiga hududlarning respublika jami aholisi sonidagi ulushi bo‘yicha eng ko‘p ko‘rsatkich Samarqand viloyatida 11,4 foizni tashkil etgan.

Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati 11,1 foiz, Qashqadaryo viloyatida 9,7 foiz va Andijon viloyatida 9,2 foiz.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekiston doimiy aholisi sonining 30,5 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 58,9 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,6 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0