Shudgordagi quyruq - "million" dollarni 10 mingga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi

© Genprokuratura UzbekistanaKupura v million dollarov
Kupura v million dollarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qaymati bir million dollar bo‘lgan kupurani 10 000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro prokuratura va IIB tomonidan ushlandi.

TOShKENT, 3 fev - Sputnik. Namangan viloyati, Uychi tumanida bir dona million dollarlik qog‘oz pul sotmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati. 

Fuqaro S.L. 1 000 000 dollarlik kupurasini fuqaro A.X.ga 10 000 dollar evaziga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan, - deyilgan xabarda. 

Bank ma’lumotiga ko‘ra, 1 000 000 AQSh dollarlik banknota suvenir sifatida chiqarilgan va qonuniy to‘lov vositasi yoki valyuta hisoblanmaydi.

Mazkur holat yuzasidan S.L.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

 

 

Yangiliklar lentasi
0