O‘TY metroning Sergeli yo‘nalishi sifati haqidagi xabarga munosabat bildirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStroitelstvo Sergeliyskoy vetki metro
Stroitelstvo Sergeliyskoy vetki metro - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, suratlarda tasvirlangan holat metro tuzilishining yuk ko‘tarish qobiliyatiga yoki mustahkamligiga ta’sir qilmaydi.

TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Jamoatchilik ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent yer usti metropolitenining Sergeli yo‘nalishi qurilishidagi suratlarni e’lon qilib, uning mustahkamligi borasida tashvish bildirmoqda.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” bunga munosabat bildirdi va ko‘rsatilgan fuqarolik pozitsiya va befarq bo‘lmaganlik uchun minnatdorchiik izhor etdi.

Kompaniya O‘zbekiston hududidagi har bir obyekt qurilish sifati ustidan davlat, idoraviy, mualliflik va jamoatchilik nazoratining ko‘p bosqichli va juda samarali tizimi mavjudligiga ishontirgan.

Ta’kidlanishicha, suratlarda tasvirlangan holat metro tuzilishining yuk ko‘tarish qobiliyatiga yoki mustahkamligiga ta’sir qilmaydi.

© Uzbekiston temir yullariUzbekistansi usomnilis v nadejnosti Sergeliyskoy vetki metro
O‘TY metroning Sergeli yo‘nalishi sifati haqidagi xabarga munosabat bildirdi - Sputnik O‘zbekiston
Uzbekistansi usomnilis v nadejnosti Sergeliyskoy vetki metro

“Suratlarda ko‘rsatilgan yoriqlar kuch xususiyatiga ega emas, balki montaj ishlari davomida paydo bo‘ladi, va tabiiyki, ular pardozlash ishlari davomida bartaraf etiladi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda qurilayotgan halqa metro liniyasining birinchi bosqichi bo‘lgan “Do‘stlik – Qo‘yliq” uchastkasida 6 ta bekat qurib bitkazilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0