O‘zbekiston Xitoydan yana 84 nafar fuqarosini olib keldi

© Press-slujba MinzdravaV Tashkent priletel samolet s passajirami iz g. Uxan
V Tashkent priletel samolet s passajirami iz g. Uxan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uxandan navbatdagi charter reys bilan uchgan 84 nafar O‘zbekiston fuqarolari Toshkentdagi Islom Karimov nomli xalqaro aeroportga kelib qo‘ndi.

TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Bugun, 5-fevral kuni Uxandan navbatdagi charter reys bilan uchgan 84 nafar O‘zbekiston fuqarolari Toshkentdagi Islom Karimov nomli xalqaro aeroportga kelib qo‘ndi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar qilmoqda.

Samolyotda 84 nafar fuqarodan tashqari ekipaj a’zolari, shuningdek, zamonaviy tibbiy vositalar bilan himoyalangan tibbiyot xodimlari va virusologiya sohasi mutaxassislari ham birga keldi.

Koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish hamda aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida Xitoydan olib kelinganlar maxsus tibbiyot muassasasiga joylashtiriladi. Ularning ota-onalari bilan uchrashishi taqiqlangan. 

Uzbekistansi pribili charternim reysom iz Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 250 nafar fuqarosini Xitoydan olib keldi

Mazkur muassasalar to‘liq karantin talablari asosida jihozlangan. Koronavirus diagnostikasi vositalarining zarur zaxiralari yaratilgan, kerakli dori hamda dezinfeksiya vositalari, uskunalar, sarflash materiallari, shuningdek, shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan. 

Shuningdek, mazkur tibbiyot muassasalariga barcha kerakli maishiy vositalar va zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beriladi.

Koronavirus inkubatsiyasi davrini hisobga olgan holda, Uxan shahri va Xitoyning boshqa hududlaridan olib kelingan o‘zbekistonliklar 14 kun davomida karantin ostida saqlanadi. Ushbu vaqt mobaynida ularga oila-a’zolari va yaqinlari bilan uchrashish taqiqlanadi. 

Rossiya iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligi sohasidagi federal xizmat (Rospotrebnadzor) tomonidan O‘zbekistonga yangi koronavirusning laboratoriya diagnostikasi vositalari yetkazib berilgan. 

5 fevral holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 24 551 kishida koronavirus aniqlangan. Shulardan 24 338 nafari Xitoyda qayd etilgan. Hozirgacha 493 ta o‘lim holati kuzatilgan bo‘lsa, 910 kishi ushbu virusdan tuzalgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekiston 250 nafar fuqarosini Xitoydan olib kelgan edi.

Yangiliklar lentasi
0