02:33 28 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (871)
265 0 0

Koronavirus tufayli Oʻzbekistonda mijozlarga Chevrolet Equinox yetkazib berilishi kechikadi. Kutishni istamaganlar pullarini qaytarib olishlari mumkin.

TOSHKENT, 6 fev — Sputnik. UzAuto Motors kompaniyasi koronavirus tufayli Chevrolet Equinox avtomobilining yetkazib berilishi kechikishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Qayd etilishicha, avj olayotgan koronavirus sababli koʻpgina avtomobil ishlab chiqaruvchilarda Xitoyda ishlab chiqariladigan ehtiyot qismlarni yetkazib berilishida muammo yuzaga kelgan. Shu  sabab oʻz zavodlarida ishlab chiqarishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyishgan.

“Ushbu favqulodda vaziyat tufayli, Chevrolet Equinox avtomobilining yetkazib berilishi ham mintaqadagi epidemiya bilan bogʻliq vaziyat oʻzgarmagunga qadar kechiktirilishi mumkin”, - deyilgan xabarda.

Chevrolet Equinox avtomobilini sotib olish uchun shartnoma pulini toʻlagan va avtomobil yetkazib berilishi qayta tiklanishini kutishni istamagan mijozlar toʻlangan summani qaytarib olishlari mumkin.

UzAuto Motors yangi avtomobillar taqdimotini oʻtkazdi – foto

Shuningdek, boshqa har qanday avtomobilni sotib olish uchun shartnomani almashtirishlari mumkin boʻladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (871)

Asosiy mavzular