03:44 28 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
153 0 0

Iqtidorli, faol hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarga ularga belgilangan stipendiyalarga nisbatan qoʻshimcha 50 foizgacha moddiy yordam beriladi.

TOSHKENT, 6 fev — Sputnik. 2020 yil 1 fevralidan boshlab, oliy taʼlim muassasalarida Talabalarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi shakllantiriladi.  Iqtidorli, faol hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar qoʻshimcha ragʻbatlantirilib boriladi. Bu Vazirlar mahkamasining 59-sonli qarorida koʻzda tutilgan.

Jumladan

- oʻquv semestri yakuni boʻyicha fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlari “aʼlo” baho (reyting koʻrsatkichi – 86 ball va undan yuqori) boʻlgan, stipendiyasiz toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarga stipendiya bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida;

- Iqtidorli, jamoat ishlarida faol, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarga ularga belgilangan stipendiyalarga nisbatan qoʻshimcha 50 foizgacha miqdorda;

- xalqaro, respublika va oliy taʼlim miqyosida oʻtkazilgan fan olimpiadalari va sport musobaqalari gʻoliblariga bazaviy stipendiyaga nisbatan 10 baravargacha miqdorda boʻlgan bir martalik ragʻbatlantirish;

- oliy taʼlim muassasasi kengashi tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq alohida hollarda (kasalligi yoki oila aʼzolarining vafoti kabi) talabalarga bazaviy stipendiyaga nisbatan 10 baravargacha miqdorda boʻlgan bir martalik moddiy yordam beriladi.

Jamgʻarma quyidagi manbalardan shakllantiriladi:

- stipendiya toʻlovi uchun rejalashtirilgan mablagʻlarning 10 foizi miqdoridagi Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablagʻlari;

- toʻlov-kontrakt boʻyicha tegishli moliya yili uchun rejalashtirilgan  tushumlarning 2 foizi miqdoridagi mablagʻlar.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda talabalarga stipendiya toʻlashning yangi tartibi va miqdori belgilangani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular