05:31 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
756 0 0

Samarqandda toʻrt oyoqli qahramon yangi tugʻilgan chaqaroqning hayotini qutqarib qoldi va odamlarni hayratga soldi.

TOSHKENT, 10 fev — Sputnik. Samarqandda it kimsasiz daraxtzorga tashlab ketilgan chaqaloqning hayotini qutqarib qoldi. Ushbu haqida “Zamon” telekanali xabar qildi.

“Samarqandda kuchuk chaqaloqning hayonini saqlab qoldi. It yangi tugʻilgan va tashlab ketilgan chaqaloqni topib uni oʻz egasi yoniga olib keldi. Uning harakatlari barchani hayratda qoldirdi”, - deyilgan xabarda.   

Maʼlum boʻlishicha, 21 yoshli qiz bola yangi tugʻilgan chaqaloqni kimsasiz daraxtzorga tashlab ketadi. Chaqaloqni it topib olib uni oʻz egasiga olib borib beradi.

Undan soʻng esa ,chaqaloq zudlik bilan tez yordam shifokorlariga topshirilgan. Ayni damda u shifokorlar nazorati ostida. Bolakay vazni 3,1 kg, hozir oʻrta ogʻir ahvolda, deyilgan xabarda.  

Ushbu voqea barchani hayratga qoldirdi. It insonning doʻsti deyishadi. Boʻlib oʻtgan voqea bunga yaqqol misol boʻlishi mumkin. It bir inson hayotini saqlab qoldi.

Afsuski kundalik hayotda baʼzan ayrim kishilarning itlarga shafqatsiz munosabatda boʻlishini koʻrishimiz mumkin. Aynan Samarqandda oʻtgan yil qarovsiz itlarni maxsus joylarda saqlash oʻrnida, ularni birvarakayiga oʻldirib yuborish holatlari kuzatilgan edi.

Asosiy mavzular