02:06 28 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
450 0 0

"Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi maʼlum qilishicha, 2019 yilda Oʻzbekistonda 26 906 ta oila yarashtirilgan.

TOSHKENT, 10 fev – Sputnik. "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, 2019 yilda Oʻzbekistonda 26 906 ta oila yarashtirilgan, 52 700 tadan ortiq yolgʻiz onalikning oldi olingan.

Qayd etilishicha, 2018-2019 yillar davomida 52 700 dan ortiq yolgʻiz onalikning oldi olingan. 77 782 ta bola ota-ona mehri bilan toʻliq taʼminlangan.

Yarim yetimlikdan saqlab qolingan bolalar soni 41323 ta, FHDYO va Suddan arizasini qaytarib olganlar soni 1472 tani tashkil etgan.

Bundan avvalroq, FHDYO organlarining nikohi bekor qilingan holatlar boʻyicha 2019 yil statistikasida ajralishlar soni 23000 ga yetganligi, shu davrning oʻzida 195 mingta nikoh qayd etilgani haqida maʼlum qilgandik.

Asosiy mavzular