Gematologiya tibbiyot markazi tashkil etildi

© Foto:Ministerstvo zdravooxraneniya UzbekistanaVrachi-gematologi v Uzbekistane
Vrachi-gematologi v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda davolash qiyin bo‘lgan bemorlar yangi tashkil etilgan Gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida sog‘lomlashtiriladi - yangi qonun.

TOShKENT, 11 fev - Sputnik. O‘zbekistonda onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarni sog‘lomlashtirish jamg‘armasi tashkil etildi. Bu haqda huquqiy axborot kanali ma’lum qilmoqda

Qayd etilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida yuridik shaxs bo‘lmagan, Onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etilgan.

Lekarstvennie sredstva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston onkologiya dorilari uchun uch baravar ko‘p mablag‘ ajratadi

Ushbu jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Tashxis qo‘yilib, davolanadigan onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklar ro‘yxati Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Bundan tashqari Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti tarkibida gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etilgan.

Gematologiya xizmatini rivojlantirish uchun 546,5 mlrd so‘m va 70,7 mln AQSh dollari ajratiladi. Tibbiyot muassasalar laboratoriyalarini reagentlar bilan ta’minlash  darajasi esa 7,5 barobarga oshiriladi.

Respublika va hududiy tibbiyot muassasalari 2020-yilda gematologik kasalliklarini davolash uchun zarur bo‘lgan dori vositalari bilan  6 barobar ta’minlanadi.

2020-2021 o‘quv yili hamda keyingi besh o‘quv yili davomida “Gematologiya va transfuziologiya” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar davlat grantlari asosida tayyorlanadi.

Yangiliklar lentasi
0