09:11 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Jamiyat
Havola olish
268 0 0

Kelishuv JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyugening Oʻzbekistonga tashrifi davomida imzolangan.

TOSHKENT, 11 fev - Sputnik. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi va Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi oʻrtasida 2020-2021 yillarga moʻljallangan ikki yillik hamkorlik kelishuvi imzolandi. Ushbu hujjat oʻzaro maslahatlashuvlar asosida ishlab chiqilgan boʻlib, mustahkam hamkorlik uchun asos boʻlib xizmat qiladi.

Mamlakat SSV vazirligi xabariga koʻra, kelishuv  JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori  Xans Klyugening Oʻzbekistonga tashrifi davomida imzolangan. Bu yangi saylangan direktorning xorijiy mamlakatga ilk tashrifidir.

Zdaniye ministerstva zdravooxraneniya Uzbekistana
Informatsionnaya slujba Ministerstva zdravooxraneniya

Vazirlikda boʻlib oʻtgan brifingda Xans Klyuge Oʻzbekiston yuqumli boʻlmagan kasalliklarga qarshi kurashda Markaziy Osiyoning yetakchi davlatlaridan biri ekani, ushbu yoʻnalishda davlat siyosati darajasida muhim qadamlarni tashlanayotganiga alohida eʼtibor qaratdi.

Tadbirda, shuningdek, JSST va Oʻzbekiston sogʻliqni saqlashning koʻplab muhim masalalarida yaqindan hamkorlik qilib kelinayotgani taʼkidlandi.

Taʼkidlanishicha, Sirdaryo viloyatida tashkilot ekspertlari koʻmagida tibbiy xizmatlarning yangi modellari boʻyicha qoʻshma pilot loyihasi boshlanganligi maʼlum qilingan. Loyiha allaqachon yaxshi natijalar koʻrsatayotgani va bosqichma-bosqich butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, JSST va Oʻzbekiston hamkorlikda umumiy sogʻliqni saqlash qamroviga erishish, yaʼni har bir fuqaroning zarur tibbiy xizmatlardan foydalanishini taʼminlashga boʻlgan intilishlari birlashtirilgani yuqori baholandi.

Asosiy mavzular