10:08 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Jamiyat
Havola olish
542 0 0

Qoʻshni davlatlardan oʻqishni Oʻzbekistonga koʻchirish toʻlov-kontrakt asosida, imtihonsiz amalga oshiriladi. 

TOSHKENT, 11 fev- Sputnik. Tojikiston, Qirgʻiziston va Qozogʻistondagi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan oʻzbekistonlik talabalar oʻqishlarini 15 martga qadar koʻchirishlari mumkin. Bu haqida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar qilmoqda.  

Oʻqishni koʻchirish uchun ariza (joyida toʻldiriladi), reyting daftarchasi yoki akademik maʼlumotnoma (transkript) nusxasi va pasport nusxasi kerak boʻladi. 

Eslatib oʻtamiz, Davlat komissiyasining 2020 yil 4 fevraldagi 12-son bayoni bilan qoʻshni davlatlarda tahsil olayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga oʻqishlarini 15 fevralga qadar koʻchirishlari mumkin deyilgan edi. 

Oʻqishni koʻchirish uchun talabalar hududiy ishchi guruhlarga zarur hujjatlar toʻgʻri va toʻliq holatda taqdim etishlari kerak boʻladi. Oʻqishini koʻchirish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Oʻqishni koʻchirishda hech qanday imtihon boʻlmaydi. 

Asosiy mavzular