21:22 06 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
458 0 0

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekistonda tajriba tariqasida masofaviy oʻqitish shakli joriy etilishi mumkin.

TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbebkistonda tajriba tariqasida masofaviy oʻqitish shakli joriy etilishi mumkin. Bu prezidentning 2020 yildagi Davlat dasturi toʻgʻrisidagi farmoni loyihasida koʻzda tutilgan.

Avvaliga sinov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetida oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 aprelga qadar masofaviy oʻqitish shaklini amalga oshirish tartibini belgilash, dasturiy-apparat kompleksini yaratish topshirilgan.

Shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan oliy taʼlim muassasalarini oʻquv jarayoniga masofaviy taʼlimni joriy etish uchun zarur boʻlgan uskunalar bilan jihozlanadi.

Vazirlar mahkamasi 2021 yil 1 yanvarga qadar tajriba-sinov natijalarini inobatga olgan holda mamlakatning oliy taʼlim tizimiga masofaviy oʻqitish shaklini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflarni oʻqitishning ushbu shaklini amalga kiritishning oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yoʻnalishlari kesimidagi grafigi bilan birgalikda kiritadi.

Asosiy mavzular