Yaponlar O‘zbekistondagi yo‘l belgilar uchun maxsus bo‘yoq ishlab chiqishdi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchinsev / Mediabankka o‘tishDorojnaya razmetka
Dorojnaya razmetka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaponiyalik mutaxassislar O‘zbekiston xususiyatidan kelib chiqqan holda uchta yangi formula ishlab chiqdi. Shulardan eng samaralisi sifatli va chidamli mahsulot olish uchun qo‘llaniladi.

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Toshkent shahar hokimligida Atomix, Mitsui &Co., Ltd. va Mitsui Bussan Chemicals kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, taraflar o‘zaro hamkorlik, xususan, avtomobil yo‘llari yuzasiga belgi tushirish uchun qo‘llaniluvchi ilg‘or vositalarni ishlab chiqarish bo‘yicha yapon kompaniyasi bilan amalga oshirilayotgan loyiha istiqbollarini muhokama qildilar.

Peshexodniy perexod vozle xokimiata Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Piyodalar o‘tish joylariga kuzatuv kameralarini o‘rnatish taklif etildi

O‘zbekistonning tabiiy iqlim sharoitini inobatga olgan holda, Jahg‘ongir Ortiqxo‘jayev yuqori sifatli bo‘yoqlarni ishlab chiqish va kelgusida ularning Toshkentda ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratdi.

O‘z navbatida, Atomix kompaniyasining marketing va sotuvlar bo‘yicha bosh menedjeri Xideki Oda o‘tgan yili yo‘l qoplamasiga tushiriladigan belgilar uchun bo‘yoqlarni sinovdan o‘tkazganda, O‘zbekistonning tabiiy iqlim sharoitidan kelib chiqib, maxsus formulali bo‘yoqlarni ishlab chiqish zaruriyati aniqlanganligini ta’kidladi.

“Yaponiyaga qaytib, biz mintaqangiz xususiyatidan kelib chiqqan holda uchta yangi formula ishlab chiqdik. Ayni vaqtda shulardan eng samaralisini sifatli va chidamli mahsulot olish uchun qo‘llamoqchimiz”, - dedi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent ko‘chalarida yevropacha yo‘l belgilari paydo bo‘lishi mumkinligi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0