08:35 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Jamiyat
Havola olish
48900

Yangi "Toshkent-Sharqiy" aeroporti kelasi yildan ishga tushadi va Toshkent xalqaro aeroportiga yoʻlovchi oqimini oshirishda koʻmak beradi.

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Uzbekistan Airports AJ vakili Ravshan Ismoilov xabar berishiga koʻra “Toshkent-Sharqiy” xalqaro aeroporti qurilishi ayni damda ildam qadamlar bilan amalga oshirilmoqda va u kelgusi yilda ishga tushadi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.  

“Bu oʻzining yoʻlovchi va yuk terminaliga ega boʻlgan toʻlaqonli aeroport boʻladi. Uni Toshkent aeroporti bilan birlashtirib xab sifatida foydalanish rejalashtirilmoqda. Parvozlar va yoʻlovchilar sonini oshirishda Toshkent xalqaro aeroportiga “Toshkent-Sharqiy” aeroporti yordam beradi”, - deydi Ravshan Ismoilov.

Uzbekistan Airports vakili soʻzlariga koʻra, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti kelajakda Toshkent shahridan tashqariga koʻchirilishi mumkin. Yangi aeroport Toshkentdan 30-35 km uzoqlikda, Angren yoki Chinoz tomonida qurilishi rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun, "Toshkent-Sharqiy" aerodromi oʻrnida zamonaviy aeroport barpo etish haqida 2018 yilda Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan edi. Yangi aeroport qurilishi uchun nafaqat eski "Toshkent-Sharqiy" aerodromi hududi, binolari va uskunalari balki Mudofaa vazirligining 94 va 122-harbiy shaharchalari, shuningdek "Toshkent mexanika zavodi" AJning binolari hamda inshootlari va tegishli hududi bilan ajratilgan edi. 

Asosiy mavzular