07:12 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
1539 0 0

Oʻzbekistonga soatiga 100 km tezlikda harakat qiluvchi Germaniyaning soʻnggi rusumdagi koʻtarma krani keltirildi va u MDHda yagona sanaladi.

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Germaniyaning “Kirow Ardel GmbH” zavodida ishlab chiqarilgan Multi Tasker Krc 1200 uz nomli soʻnggi rusumdagi koʻtarma kran sotib oldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi. Hozirda ushbu zamonaviy kran MDH davlatlari orasida birinchi boʻlib Oʻzbekiston temir yoʻllarida foydalanilmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu zamonaviy texnikadan temir yoʻllarda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda holatlarda foydalaniladi. Texnika avvaliga sinovdan oʻtkazilgach, Oʻzbekiston temir yoʻllarining togʻli va choʻl zonalarida joylashgan “Tiklash poyezdi” korxonasiga yetkazilgan.

Ushbu korxona temir yoʻl tizimida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda holatlarda xizmat koʻrsatishga tayyor turadi. Ilgarigi texnikalarni oʻrnatish va ishlatish uchun 1 soat vaqt ketgan boʻlsa, xorijdan keltirilgan ushbu kran ikki baravar kam vaqt olib, ularni 30 daqiqada oʻrnatish mumkin.

Undagi barcha jihozlar elektrlashtirilgan. Shu bois hatto koʻtarilayotgan yuk ogʻirligi monitorda koʻrinib, texnika oʻz oʻqi atrofida  360 gradusga aylangan holda moʻljallangan yuklarni kerakli holatga qoʻya oladi.

Shuningdek, avvalgi kranlar 380 V  elektr energiyasi talab etgan boʻlsa, yangisi koʻtarma ishlarni 24 V elektr energiyasi bilan amalga oshiradi. Harakat tezligi soatiga 100 km boʻlganligi bilan favqulodda holatlarda koʻtarma mexanizmni avariya sodir boʻlgan hududga zudlik bilan yetkazish imkoniyatini beradi.

Ushbu zamonaviy texnikadan foydalanish uchun Qoʻqon tiklash poyezdining 6 nafar mutaxassisi Germaniyada 10 kun davomida malaka oshirib qaytgan.

Asosiy mavzular