09:49 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Jamiyat
Havola olish
57901

Oʻtgan bir sutkada Xubeyda koronavirus yuqtirgan va undan vafot etganlar soni keskin oshdi - Xitoy Milliy sogʻliqni saqlash komissiyasi.

TOSHKENT, 13 fev – Sputnik. Xitoyning Xubey provintsiyasida bir sutkada koronavirus yuqtirganlar soni 14840 kishini, ushbu virusdan vafot etganlar soni esa 242 kishini tashkil qildi. Bu haqida hududiy sogʻliqni saqlash boʻlinmasi xabar qilmoqda.

“Xubey provintsiyasida 2020 yil 12 fevral kuni soat 02:00 dan soat 24:00 orasida 14 840 kishida koronavirus pnevmoniyasi aniqlangan. Shundan 13436 tasi Uxanda”, - deyilgan rasmiy xabarda.  

Shunday qilib, ayni damda Xubeyda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 48 206 kishiga yetgan.  

Xitoy Milliy sogʻliqni saqlash komissiyasi koronavirusni aniqlashning va davolashning yangi uslubini ishlab chiqqanini xabar qilmoqda. Ushbu uslubga koʻra, oldin koronavirus gumon qilingan kishilarda ushbu kasallikning aniq tashhisini qoʻyish imkoni paydo boʻldi.

Tashhis qoʻyilganidan soʻng, bemor “koronavirus klinik tasdiqlangan” maqomiga ega boʻladi va  belgilangan standart boʻyicha davolanadi.

Xubey provintsiyasida bugungi kunga qadar koronavirusdan tuzalib ketganlar soni 3441 kishini tashkil etgan. Davolanayotganlar soni 33 693 kishini tashkil qilmoqda. Ulardan 5647 nafari nostabil ahvolda 1437 nafari - ogʻir ahvolda. Bemorlarning barchasi izolyatsiya qilingan holda davolanmoqda, - deyilgan Xitoy Milliy sogʻliqni saqlash komissiyasi  xabarida.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda koronavirus  dunyoning 25ta mamlkatida tarqalgan. Koronavirus havo-tomchi yoki bevosita kontakt orqali yuqishi mumkin. 

Asosiy mavzular