10:58 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Jamiyat
Havola olish
116730

Ikki yil davomida Rossiya respublikaga umumiy hisobda 12 dona Mi-35M transport-jangovar vertolyotlarini yetkazib beradi.

TOSHKENT, 13 fev – Sputnik. Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi ixtiyoriga 4 dona Mi-35M vertolyoti yetkazib berildi. Ayni vaqtda vertolyotlar Toshkent xalqaro aeroportida turibdi. Bu haqda "Novosti Tashkentskogo Neba" Telegram-kanal maʼlum qildi.

Novыe vertoletы Mi-35M VVS Uzbekistana na stoyanke v mejdunarodnom aeroportu imeni Islama Karimova
Novыe vertoletы Mi-35M VVS Uzbekistana na stoyanke v mejdunarodnom aeroportu imeni Islama Karimova

Kelishuvlarga koʻra, ikki yil davomida Rossiya respublikaga umumiy hisobda 12 dona Mi-35M transport-jangovar vertolyotlarini yetkazib beradi.

Novыe vertoletы Mi-35M VVS Uzbekistana na stoyanke v mejdunarodnom aeroportu imeni Islama Karimova
Novыe vertoletы Mi-35M VVS Uzbekistana na stoyanke v mejdunarodnom aeroportu imeni Islama Karimova

Birinchi toʻtta vertolyot 2019 yil toʻrtinchi chorakda yetkazib berilgandi. Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati maʼlumotlariga koʻra, Mi-35M vertolyotlarini yetkazib berish 2017 yilda Oʻzbekiston hukumatiga berilgan davlat eksport krediti asosida amalga oshirilmoqda.

Mi-35M transport va jangovar vertolyoti zirhli texnikalarni yoʻq qilish va quruqlikdagi kuchlar boʻlinmalarini zarba berish tomondan qoʻllab-quvvatlash uchun moʻljallangan. Zamonaviy yuqori aniqlikdagi qurol-aslahalar bilan jihozlangan va turli ob-havo sharoitida jangovar vazifalarni bajarishga qodir. Mi-35M vertolyotlarida harbiy xizmatchilar va texnikani tashish mumkin.

Asosiy mavzular