20:56 28 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Jamiyat
Havola olish
425 0 0

Oʻzbekiston Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan Toshkent shahar bojxona boshqarmasida qator tayinlovlar amalga oshirildi.

TOSHKENT, 13 fev – Sputnik. Oʻzbekiston Davlat bojxona qoʻmitasi raisining 2020 yil 12 fevraldagi buyruqlariga binoan Toshkent shahar bojxona boshqarmasida qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Bojxona xizmati podpolkovnigi Muratov Baxtiyor Shavkatovich Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi etib, 

Bojxona xizmati podpolkovnigi Salimjonov Nodirbek Raximjonovich Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi etib,

Bojxona xizmati mayori Usmanov Nodirbek Noxidjonovich Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi etib,

Bojxona xizmati mayori Xudoyorov Sherzod Shakirjonovich Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Bojxona nazoratini tashkil etish boʻlimi boshligʻi vazifasini bajaruvchi etib,

Bojxona xizmati mayori Yakubov Ataxon Nazirboyevich Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Bojxona toʻlovlari boʻlimi boshligʻi vazifasini bajaruvchi etib,

Bojxona xizmati podpolkovnigi Raxmetov Saydimurotxon Maxamedovich Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kadrlar boʻlimi boshligʻi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 fevralda tashqi iqtisodiy faoliyat tizimini isloh qilish boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilishda DBQ raisiga qator topshiriqlar bergandi

Asosiy mavzular