10:07 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Jamiyat
Havola olish
Xitoyda koronavirus epidemiyasi (128)
101510

Koronavirusga qarshi kurashda kasallikni yengib oʻtgan odamlar qon plazmasida paydo boʻlgan Immunoglobulinni boshqa bemorlarga quyish uslubidan foydalanilmoqda.

TOSHKENT, 14 fev - Sputnik. COVID-19 koronavirusi bilan ogʻrigan bemorlarga Xitoy shifokorlari tomonidan plazma quyish usuli samarali ekanligi isbotlandi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi mahalliy shifokorlarga asoslanib.

Davolanishning yangi usuli samaradorligi Uxandagi kasalxona rahbari Chjan Dinyuy matbuot anjumanida eʼlon qildi. Mutaxassislar taʼkidlashicha, kasallikni yengib oʻtgan baʼzi odamlarning qon plazmasida koronavirus bilan kurashuvchi Immunoglobulin oqsil birikmalari (antitela) topilgan. Yangi usul yordamida ogʻir ahvoldagi 10ta bemorni davolashga muvaffaq boʻlindi.

Eslatib oʻtamiz, dekabr oyining oxirida, Xitoy hukumati Xubey provintsiyasining Uxan shahrida kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan pnevmoniya kasalligi haqida xabar berdi. Kasallikning qoʻzgʻatuvchisi koronavirusning yangi turi edi, u JSST tomonidan 11 fevralda COVID-19 nomlandi. 

Soʻnggi maʼlumotlarga qaragandan, koronavirus bilan kasallanganlar soni 60 mingdan oshgan, vafot etganlar soni 1367 kishini tashkil qilgan. Xitoydan tashqarida koronavirus bilan kasallanganlar soni 500 kishidan oshgan.

Mavzu:
Xitoyda koronavirus epidemiyasi (128)

Asosiy mavzular