09:58 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Jamiyat
Havola olish
290 0 0

Respublikada umumiy 2 483 ta yuqori qavatli uylarda 5922 ta lift uskunalari mavjud boʻlib, shulardan 5000 dan ziyod (85%) liftlar Toshkent shahrida oʻrnatilgan.

TOSHKENT, 14 fev – Sputnik. “2021 - 2027 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi koʻp kvartirali uy-joylardagi lift uskunalarini taʼmirlash va yangilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasi tayyorlandi.

Respublikada umumiy 2 483 ta yuqori qavatli uylarda 5922 ta lift uskunalari mavjud boʻlib, shulardan 5000 dan ziyod (85%) liftlar Toshkent shahrida oʻrnatilgan.

2019 yilda Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga koʻp kvartirali uylardagi lift uskunalarining nosozligi yuzasidan 716 dan ortiq fuqarolar murojaatlari kelib tushgan. Xususan, Toshkent shahridagi 3270 ta (65%) lift uskunalari belgilangan 25 yil ekspluatatsiya muddatini oʻtab boʻlgan va ularni yangilash, qolgan hududlarda 412 ta lift uskunalarini kapital taʼmirlash yoki yangilash talab etiladi.

Hujjatga 2021-2027 yillar davomida respublik hududidagi koʻp kvartirali uy-joy fondidagi lift uskunalarini taʼmirlash va almashtirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ilova qilingan.

Unga koʻra, 9 yil davomida  respublika boʻylab 3561 dona liftlar taʼmirlanadigan va yangiladigan.

Shuningdek, hujjat bilan koʻp kvartirali uy-joy fondidagi lift uskunalarini taʼmirlash va yangilash hamda undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash dasturi amalga oshirilishini uvofiqlashtirishhamda monitoring qilish boʻyicha Respublika Komissiyasi tarkibi tasdiqlash koʻzda tutilgan.

Asosiy mavzular