09:33 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Jamiyat
Havola olish
429 0 0

Oʻz oʻquv bazasi va klinikasiga ega boʻlgan Qoraqalpogʻiston Tibbiyot instituti va klinikasi tashkil etish haqida prezident qarori qabul qilindi.

TOSHKENT, 15 fev - Sputnik. Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham oʻz tibbiyot instituti tashkil etiladi. Bu haqida 14 fevral kuni imzolangan prezident qarorida aytib oʻtilgan. 

"Orolboʻyi mintaqasi uchun tibbiyot sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, hudud aholisiga koʻrsatiladigan tibbiy xizmat sifati va koʻlamini oshirish, tibbiy amaliyotning taʼlim va ilm-fan bilan oʻzaro mustahkam integratsiyasini taʼminlash, sohadagi ilgʻor yutuq va innovatsiyalarni davolash-tashxis jarayoniga joriy etish maqsadida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali negizida Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti tashkil etilsin," - deyilgan prezident qarorida. 

Qoraqalpogʻiston Tibbiyot instituti va uning klinkasi - yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan, tegishlicha davlat oliy taʼlim muassasasi va davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi. 

Tibbiyot instituti Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tashxis qoʻyish (diagnostika) va davolash standartlariga rioya qilgan holda imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga davolash qiymatini toʻlash, shuningdek, aholiga pullik asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish, shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni shifoxonaga joylashtirish huquqiga ega boʻladi.

Institut faoliyatini ыuyidagi manbaalardan moliyalashtiriladi: 

  • Davlat byudjeti mablagʻlari;
  • talabalarning toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olishidan,
  • shartnomalar asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
  • xalqaro moliya va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
  • qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;

 

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov – Institut va Institut klinikasi faoliyatini samarali tashkil etish, mazkur qarorni ijro etish yuzasidan barcha zarur choralar koʻrilishini taʼminlasin, belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishda masʼul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatsin hamda uning ijrosi boʻyicha har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin, deyilgan qarorda

 

Asosiy mavzular