09:27 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
1446 0 0

Tojikiston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonda taʼlim olayotgan oʻzbekistonlik talabalarga oʻqishlarini 15 martga qadar mamlakat OTMlariga koʻchirish imkoni berilgan.

TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Qozogʻiston Taʼlim va fan vazirligi oʻzbek talabalarining ommaviy ravishda vatanlariga qaytishi yuzasidan izoh berdi.

“Maʼlumki, soʻnggi paytlarda Qozogʻiston oliygohlariga Qozogʻistonda taʼlim olayotgan Oʻzbekiston fuqarolaridan oʻzbek oliygohlarga oʻqishni koʻchirish haqida arizalar kelib tusha boshladi”, - deya yozgan Facebook᾽da Qozogʻiston taʼlim va fan vazirining oʻrinbosari Miras Daulenov.

Uning soʻzlariga koʻra, Qozogʻiston Taʼlim va fan vazirligi Oʻzbekiston elchixonasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazgan. Oʻzbekiston tomoni talabalarning ketishi respublikada oliy taʼlim olishning kengaytirilishi bilan bogʻliqligini maʼlum qilgan.

“Mavjud maʼlumotlarga koʻra, nafaqat mamlakatimizdagi talabalar, balki qator qoʻshni mamlakatlardan ham oʻzbek oliygohlariga oʻqishlarini koʻchirishmoqda. Dunyoda oliy taʼlim ommalashishining oʻsishi va aholining keng qatlamini qamrab olishi kuzatilmoqda”, - deya taʼkidlagan Daulenov.

Talabalarning ushbu “migratsiyasini” vazir oʻrinbosari tabiiy jarayon deb atagan va bu Qozogʻiston oliygohlariga hech qanday taʼsir koʻrsatmasligiga ishontirgan.

Oʻqishni koʻchirish tartibi buziladi: Mansurov Tojikistondan oʻzbek talablarining ketishi haqida

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligi oʻzbekistonlik talabalarning mamlakatdan ommaviy qaytishlari holatiga izoh bergani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular