21:22 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
303 0 0

Samarqand shahridan kelib tushgan murojaatga koʻra, ushbu hudud dorixonalarida tibbiy niqoblar tanqisligi va narxining keskin oshishi holati yuzaga kelgan.

TOSHKENT, 19 fev — Sputnik. Samarqand shahar dorixonalarida tibbiyot niqoblari tanqisligi yuzasidan mijozlardan murojaat Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga kelib tushdi.

Taʼkidlanishicha, mijozlar koʻplab dorixonalarda niqob yoʻq degan javobni olishmoqda.

Murojaat yuzasidan Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, bugungi kunda Oʻzbekistonda 15 ga yaqin tibbiy yuz niqobi ishlab chiqaradigan korxonalar mavjud boʻlib, hozirgi kunda toʻliq quvvat bilan ishlab turibdi. Ammo niqobga boʻlgan ehtiyoj yuqori boʻlgani va buyurtmalar koʻpligi sababli dorixonalarda aynan shu mahsulot narxining oshganligi holati kuzatilgan.

Bu esa rejadan ortiq ishlab chiqarish bilan ham bogʻliq jarayon boʻlib, halq dardidan oʻziga foyda qilayotgan noinsof kimsalar tomonidan aholi uchun juda zarur boʻlgan tibbiy buyumlari oshirilgan narxlarda sotilmoqda.

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi matbuot xizmatiga koʻra, yuz niqoblarini belgilangan narxlardan yuqori narxlarda sotish holatlari haqida Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish agentligiga maʼlum qilish mumkin.

Xususan, Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish agentligi veb-saytida dori vositalari va tibbiy buyumlar narxini asossiz ravishda oshirgan dorixonalarning farmatsevtika faoliyati toʻxtatilishi borasida rasman ogohlantirish eʼlon qilingan.

“Shu oʻrinda farmatsevtika sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlardan dori vositalari va tibbiy buyumlarga narx belgilash tartibiga, litsenziya talablari va shartlariga qatʼiy rioya qilishlarini soʻrab qolamiz”, – deydi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi axborot xizmati xodimlari.

Asosiy mavzular