Kesish qat’iyan ta’qiqlangan daraxtlar ro‘yxati e’lon qilindi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda barcha xildagi chinor, tut, archa, zarang va qayrog‘och - jami 78 xil daraxtlarini kesish ta’qiqlandi.

TOShKENT, 21 fev - Sputnik. O‘zbekiston hududida kesish qat’iyan ta’qiqlangan daraxtlar ro‘yxati e’lon qilindi. Ushbu ro‘yxatga 78-xil daraxtlar kiritilgan.

2020 yilning 31-dekabriga qadar quyidagi turdagi  daraxtlarni kesishga moratoriy qo‘yilgan: 

Grek yong‘og‘i, oddiy eman, ko‘kbargli terak, g‘arb chinori (platan), archaning turli xillari, tut (oq, qora, shotut), zarang (turli xil),  qayrog‘och (turli xil), qarag‘ay (turli xil), kedr, kiparis, lola daraxti, magnoliya, tol (turli xil), jiyda, do‘lona, bodom, chinor, nok va boshqalar. 

Vazirlar Mahkamasining qarorida kesish ta’qiqlangan daraxtlarning batafsil ro‘yxati bilan qo‘yida tanishishingiz mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududida daraxtlarni kesish haqidagi petitsiyaga juda ko‘p kishi imzo qo‘yganidan so‘ng, prezident farmoni bilan 2019-yilning 1-noyabridan 2020-yilning 31-dekabriga qadar moratoriy e’lon qilingan edi.

Ma’lumot uchun, Prezidentning tegishli Farmoni bilan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga 2019-yil 1-noyabrdan 2020-yil 31-dekabrgacha moratoriy joriy etilgan.

Tabiiy omillar, kasalliklar ta’sirida shikastlangan, odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf solayotgan daraxtlarni kesish va qirqish qonun hujjatlarida belgilangan tartibga rioya qilingan holda faqat tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0