Eskicha uslubdagi tibbiyot kollejlari o‘rnida Ibn Sino maktablari tashkil etiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel soveshanie po ocherednim vajnim zadacham v sfere razvitiya sistemi zdravooxraneniya, povisheniya kachestva meditsinskogo obslujivaniya.
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po ocherednim vajnim zadacham v sfere razvitiya sistemi zdravooxraneniya, povisheniya kachestva meditsinskogo obslujivaniya. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev eskicha uslubda qolib ketgan tibbiyot kollejlari o‘rnida Ibn Sino maktablari tashkil etib, dars va amaliyotni zamon talablari asosida o‘tish zarurligini ta’kidladi.

TOShKENT, 25 fev — Sputnik. O‘zbekistonda eskicha uslubdagi tibbiyot kollejlari o‘rnida Ibn Sino maktablari tashkil etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy xizmat sifatini oshirish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishda aytildi.

“Eskicha uslubda qolib ketgan tibbiyot kollejlari o‘rnida Ibn Sino maktablari tashkil etib, dars va amaliyotni zamon talablari asosida o‘tish zarurligi ta’kidlandi”, - deyilgan davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.

Yig‘ilishda joylardagi sog‘liqni saqlash boshqarmalari burokratik tuzilma bo‘lib qolgani, hududiy darajada kasalliklarni tahlil qilish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po ocherednim vajnim zadacham v sfere razvitiya sistemi zdravooxraneniya, povisheniya kachestva meditsinskogo obslujivaniya. - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirish tizimini tanqid qildi

Davlat rahbari kasalliklar profilaktikasi masalasiga alohida e’tibor qaratib, boshqaruv idoralari ishini aynan shunga yo‘naltirish lozimligini ta’kidladi. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng qaror toptirish, to‘g‘ri ovqatlanish va piyoda yurishning salomatlikka foydasini targ‘ib etish muhimligi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev shu yil yanvar oyida Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida sohadagi islohotlarni davom ettirib, tibbiy xizmat sifatini oshirish, xususiy tibbiyotni rivojlantirish, adolat va raqobatni ta’minlash bo‘yicha o‘z mulohazalarini bayon etgan edi.

Yangiliklar lentasi
0