09:54 05 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (562)
351 0 0

TIV xizmat, turizm va boshqa maqsadlarda xorijga chiqishni rejalashtirayotgan fuqarolarga safardan oldin sogʻliklari uchun tahdidlarni diqqat bilan oʻylab koʻrishlarini maslahat bermoqda.

TOSHKENT, 25 fev — Sputnik. Oʻzbekistonning xorijdagi elchixonalari va konsullik muassasalari bergan maʼlumotga koʻra soʻnggi kunlarda dunyoning qator davlatlarida COVID-19 koronavirusining tarqalishi bilan bogʻliq vaziyatning ogʻirlashgani kuzatilmoqda.

Xitoy Xalq Respublikasi bilan bir qatorda Koreya Respublikasi, Yaponiya, Eron, Italiya va baʼzi boshqa davlatlarda bemorlar soni ortmoqda.

“Xizmat, turizm va boshqa maqsadlarda xorijga chiqishni rejalashtirayotgan hamyurtlarimiz safardan oldin sogʻliklari uchun tahdidlarni diqqat bilan oʻylab koʻrishlari, mamlakatdagi epidemiologik holatni oʻrganishlari va safar chogʻida shaxsiy gigiena qoidalariga qatʼiy rioya qilishlari, jamoaviy tadbirlarda ishtirok etishdan tiyilishlari, odamlar toʻplanadigan joylarda barcha ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlari zarur”, - deyilgan TIV murojaatida.

TIV xorijda, jumladan, koronavirus bilan ogʻrigan bemorlar aniqlangan davlatlar hududida boʻlib turgan mamlakat fuqarolariga zarur holatlarda quyidagi Oʻzbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtadi.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (562)

Asosiy mavzular