Xolmatov: “Oliy ta’lim tizimini korrupsiyasiz sohaga aylantirish prezident nazoratida”

© Sputnik / Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishDomla "zachotkaga" baho qo‘ymoqda
Domla zachotkaga baho qo‘ymoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimini korrupsiyasiz sohaga aylantirish uchun ekspertlar va xorijiy ekspertlar jalb etiladi.

TOShKENT, 27 fev – Sputnik. O‘zbekiston bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Abduhalim Xolmatov oliy ta’lim tizimini korrupsiyasiz sohaga aylantirish shaxsan Shavkat Mirziyov nazoratida ekanini ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

“Oliy ta’lim — korrupsiyasiiz soha” loyihasini amalga oshirish  natijalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida xalqaro va milliy ekspertlar, Bosh prokuratura va uning akademiyasi, Oliy va o‘rta ta’lim vazirlik xodimlari, O‘zbekistondagi ayrim oliy ta’lim muassalari rektorlari va boshqa mas’ul xodimlari va vakillari ishtirok etishmoqda.

QR-kod na risovom pole v Kitae  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda diplomlar bu yildan QR–kod bilan beriladi

O‘zbekiston bosh prokurori birinchi o‘rinbosari Abduhalim Xolmatovning ta’kidlashicha, oliy ta’lim sohasini korrupsiyasiz sohaga aylantirish masalasi prezidentning alohida nazoratida bo‘lib,  bu borada jamoatchilik, ekspertlar, jumladan, xorijiy ekspertlarni jalb etish ko‘zda tutilgan.

Oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish va uni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlangan.

Joriy yilning 18-yanvarida O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyasining yig‘ilishida oliy ta’lim sohasida korrupsiya tarqalgan yo‘nalishlarni sanab o‘tgan edi.

“Shu o‘rinda bu boradagi faoliyatimiz davomida tashkil etilgan mazkur konferensiya xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy davlatlar tajribalari asosida Oliy ta’lim tizimini chinakam korrupsiyasiz sohaga aylantirish va bu borada yangicha innovatsion yondashuvlarni amalda tadbiq etishda samarali xizmat qiladi”, - deydi Xolmatov.

2020 yil 27-28 fevral kunlari Toshkent shaxridagi "Oliy ta’lim - korrupsiyasiz soha" mavzusida xalkaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilmoqda.

Konferensiyadan ko‘zlangan maqsad oliy ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi qaratilgan huquqiy mexanizm joriy etilishining joriy holatini muhokama qilishdir.

Yangiliklar lentasi
0