To‘ylar qanday bo‘lishi kerak - jamoatchilik munosabati

© Sputnik / Dmitriy MatveyevMolodojeni na uzbekskoy svadbe prinimayut pozdravleniya gostey
Molodojeni na uzbekskoy svadbe prinimayut pozdravleniya gostey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda to‘y va marosimlarning tartibga solinishi borasida Sputnik muxbiri jamoatchilik fikri bilan tanishdi.

TOShKENT, 27 fev - Sputnik. Ma’lumki, yaqinda O‘zbekiston Oliy Majlis Senati tomonidan “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida”gi nizom e’lon qilindi. Unda oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish nazarda tutilgan. Yangi tartib va undagi ko‘rsatmalar jamoatchilikka qay darajada ma’qul bo‘lmoqda? Ushbu savol bilan Sputnik muxbiri ular fikrini bilishga qiziqdi.

Bugun hashamatli to‘y qilib, ertaga qarz to‘lab yurish kulguli...

To‘ylarni aslida soat 9 dan 10 gacha o‘tkazish maqsaadga muvofiq edi. Chunki soat 10 dan keyin to‘yxonalarda janjal boshlanadi. Bu, ehtimol, ko‘pchilikning manfaatidan kelib chiqib qonun qabul qilinib, to‘yni o‘tkazish vaqti  soat 11 ga belgilanibdi. Jarimalarga kelsak, aslida kattaroq jarima qo‘llanilishi kerak edi,- deydi Muyassar Isoqjonova.

© SputnikMuyassar Isoqjonova
To‘ylar qanday bo‘lishi kerak - jamoatchilik munosabati  - Sputnik O‘zbekiston
Muyassar Isoqjonova

To‘ylarga katta sarf-xarajat qilishning keragi yo‘q. mana, masalan biz ham yaqinda ixchamgina to‘y qildik. Qudam nari borsa 50 ta odam aytgandir, men 20 ta odam olib bordim. Yomon bo‘lmadi, kamxarj bo‘lsa ham bolalarimz baxtli Xudoga shukr. Aslida ham shunisi muhim.

Yo‘lda keta turib ba’zida uzun-uzun kortejlarni ko‘rib qolamiz, kimga keragi bor bunaqa hashamatni ko‘z-ko‘z qilish?

Masalan, farzandlarim xohlasa ham men bunga yo‘l qo‘ymas edim. Ko‘rpaga qarab oyoq uzatish kerak, bir kun o‘zingizni hashamatli qilib ko‘rsatib, ertaga qarz to‘lab kulguga qolgandan ko‘ra...

Masalan, men qudamga kelishilgandek ikkita tog‘ora qildim. Lekin qo‘shnilarim chiqib, 4 ta tog‘ora qilish kerakligini maslahat berishdi. Qudamga qo‘ng‘iroq qilib, shunday qilaymi desam, biz siz bilan nimaga kelishgan edik, kelishganimizdek qiling dedi. Men ham xotirjam bo‘ldim, qudam ham xafa bo‘lmadi.

Yangi qonunlar to‘yxona narxlarni ko‘tarib yuborishi mumkin

To‘y va marosimlarni o‘tkazish borasida chiqqan qonun loyihasi yaxshi o‘ylangan narsa bo‘ldi. Aslida azaldan O‘zbekistonda isrofgarchilikka har tomonlama kurashilgan. Bildirilgan fikrlarning ko‘pi esa qog‘ozlarda qolib ketgan, deydi Lochin Erkinzoda. 

© SputnikLochinbek Erkinzoda
To‘ylar qanday bo‘lishi kerak - jamoatchilik munosabati  - Sputnik O‘zbekiston
Lochinbek Erkinzoda

Agar hozirda muhokama qilinayotgan qonun loyihasi tasdiqlansa, o‘ylaymanki, to‘y va marosimlarin o‘tkazish tartibi ancha epaqaga kelib qoladi. Ammo tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Masalan. to‘yxonalar odam soniga qarab to‘y egalariga imtiyozli narxlarni taklif qiladi. Deylik, to‘y egasi  400 ta odamni aytsa, to‘yxona egasi restoranni mana buncha arzon narxda qilib beraman deydi.

Bu bo‘yicha keyinchalik qonunda belgilangan tartibda chora ko‘riladigan bo‘lsa,  to‘y egalariga kichkina jabr bo‘lishi mumkin va shu ziyonni qoplash maqsadida ular to‘yxona narxlarini ko‘tarib yuborishi mumkin. Bu tomonini ham o‘ylab ko‘rib, biron bir nizom o‘ylab chiqish kerak. Sababi, 400 ta odam aytolmagan odamga to‘yxona egasi imtiyozsiz baland narxlarni taklif qilsa, to‘y egasi baribir katta xarajatga tushadi. Shaxsan chiqayotgan bu qarorni qo‘llab-quvvatlayman. Sababi, ko‘p yoshlar to‘yni qarz-havola qilib yoki yillab pul yig‘ib, o‘tkazib oladi-yu, ertasiga Rossiyaga ishlashga ketadi. Tug‘ilgan bolasini ham ko‘rmaydi.

To‘y qilganda odamlar asosiy e’tiborini to‘yga yoki undagi urf-odatlarga emas, farzandlarning kelajakdagi hayotiga qaratish kerak.

Qonun - barchaga barobar bo‘lishi kerak!

Hukumatimiz rahbarining to‘y va marosimlarni ixchamlashtirish borasidagi 192 - 1 moddasi mamlakatimiz fuqarolarini tenglikka chaqiradi. Sababi, bir mahallada bir necha toifadagi odamlar yashaydi, birini uy uch qavat bo‘lsa, biriniki paxsa uy. Hashamatli uyning qizi uzatilsa, kuyovnavkarlar kamida o‘n beshta inomarkada kelib kelinni olib ketadi. Kelinning kiygan libosi esa kamida 10 ming dollar turadi, - deydi Mohigul Suvonova.

© SputnikMohigul Suvonova
To‘ylar qanday bo‘lishi kerak - jamoatchilik munosabati  - Sputnik O‘zbekiston
Mohigul Suvonova

Yonidagi qo‘shni qizgachi? Yetti yuz ming so‘mga tanlagan kelin ko‘ylagini ham "Voy, bolam, ey buncha qimmat bo‘lmasa" , deyishadi. Padar oshini esa hashamatli restoranlarda emas, oddiy choyxonalarda berishadi. Bu oddiy haqiqatlar hech birimizga sir emas.

Bir to‘yxonaga 250 odamga to‘y berapman, qonunni buzmayapman deydi, aynan shu orada, shu to‘y egasi bir emas,  hatto ikki uch to‘yxonada to‘y berayotgan bo‘ladi. Buni ko‘pchilik biladi. Shuni aytish mumkinki, ortiqcha dabdavozlik, manmanlik, jamoatchilik orasidagi sog‘lom muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Notenglik tushunchasini keltirib chiqaradi. Ehtimol, uning ortidan ko‘p ko‘ngilsizliklar kelib chiqayotgani ham sir emas.

Kasbim yuzasidan juda ko‘p xizmat safarlarida bo‘laman va o‘zim guvohmanki, yurtboshimiz qarorlar, qa’tiy chora tadbirlar bilan bularning bariga barham berayotganlaridan oddiy fuqarolar, xalq juda xursand.  

Bizning mamlakatimizda konun ustuvorligi birinchi o‘rinda turadi. Ammo shu qonunlar ijrosi qay darajada? Respublika bo‘ylab qonun ijrosi barcha barobar ta’minlanyaptimi? Afsuski, bunday deb ayta olmaymiz...

Qonun ijrosi har joyda barchaga barobar, birdek ta’minlanishi kerak. Shu bois to‘y va marosimlar borasidaga ma’lum tartib qonun moddalari bilan belgilanishi yuzasidan ijobiy fikrdaman va buni qo‘llab-quvvatlayman.

O‘zbek yillab yig‘ganini faqat to‘yga sovuradi-mi?

To‘y-ma’rakalarni allaqachanon ixchamlashtirish kerak. Ortiqcha dabdaba kimga kerak? O‘zbek yillab misqollab yig‘ganini faqat to‘yga sovuradimi?, - deydi kuyunib Xonbibi Himmat qizi. 

© SputnikXonbibi Himmat qizi
To‘ylar qanday bo‘lishi kerak - jamoatchilik munosabati  - Sputnik O‘zbekiston
Xonbibi Himmat qizi

To‘yga 200 kishini aytib o‘tkazsa ham bo‘ladi. Hamma yakinlarini qarindoshlarni do‘stlarni aytish shart emas. To‘yni o‘tkazgandan so‘ng ham qozon qaynatishni unutmaslik kerak. To‘yni belgilaydigan ko‘p urf-odatlardan voz kechish kerak. Dastlab Samarqand tomonlarda "non sindirdi" o‘tkaziladi. Keyin "fotiha to‘yi", eng so‘nggida qiz uzatish to‘yi. Shu oradagi "fotiha to‘yi" ham dabdabali o‘tadi. Bu to‘yning umuman keragi yo‘q. Bu qiz tomon uchun ko‘proq xarajatlash to‘yi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Endi yigit tomonning kelin uchun ikkita xonani bo‘shatib qo‘yishini sirayam hazm qilolmayman. Axir uylanayotgan yigit qiz tomonning sarposiga zormi? O‘zi qilsa bo‘lmaydimi?

Akamning o‘g‘li uylanadigan bo‘ldi. Sekin yonimga chaqirib dedim: Jiyanjon, o‘zing ishlab pul topding. Endi uydagi jihozlarni ham o‘zing qilasan. Kelinning hech narsasi kerakmas. Agar meni xurmat qilsang aytganimni bajar. Jiyanim uyidagi pardalarni opamning qiziga elita usulida tiktirib osdi. Mebeli-yu spalniysini ham o‘zi qildi. Qaniydi,  boshqalar ham shunday qilsa... Toshkentda yashaydigan tanish dugonam ham ikkita kelin tushirdi. Kelinlar hech qanday mebel yoki boshqa narsa olib kelgani yo‘q. Dugonamning o‘g‘illari  hammasini o‘zlari qilib, uyni yasatib qo‘yishdi. Ortiqcha dabdabasiz. Hattoki to‘yda qistir-qistirsiz to‘y bo‘ldi. To‘y-marosimdagi bo‘ladigan an’analarni qonun bilan belgilab qo‘ysa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Agar o‘sha qonnuni buzganlarga kattaroq jarima solinsa  maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Yangi qonun odamlarning to‘y o‘tkazishga bo‘lgan munosabatini o‘zgartiradi

© SputnikNargiza Utepova
To‘ylar qanday bo‘lishi kerak - jamoatchilik munosabati  - Sputnik O‘zbekiston
Nargiza Utepova
Bugungi kunda to‘y va marosimlar yuzasidan ko‘rib chiqilayotgan qonun loyihasidan xabarim bor va bu tartibning qonun moddasi bilan belgilab qo‘yilayotganiga munosabatim albatta yaxshi. Chunki bu to‘yxonalarda katta sarf-xarajatlarni kamaytiradi. Keyin odamlar bir biridan kim o‘zarga to‘y o‘tkazishi, ortiqcha hashamdorlik holatlariga chek qo‘yilar edi. To‘yga necha pul ajratish, nimaga pul sarflash, to‘yni qanday o‘tkazish kerakligi, umuman to‘y o‘tkazish tartibiga nisbatan odamlarning munosabati o‘zgarardi.

Yangi qonun loyihasi tasdiqlansa, bu nafaqat insonlar manfaatiga xizmat qiladi, balki  ularning yashash tarziga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, - deydi Nargizaxon Utepova.

Yangiliklar lentasi
0