TOShKENT, 2 mar – Sputnik. Britaniyalik stomatolog Kristofer Orr tishlar sog‘lomligiga zarar yetkazuvchi beshta ichimlikni aniqlagan. Bu beshlik ro‘yxatidan asosan alkogol va alkogolsiz ichimliklar o‘rin olgan. Bu haqda “The Sun” nashriga tayanib, "O‘zbekoziqovqatxolding" axborot xizmati ma’lum qilmoqda.
Stomatlog fikriga ko‘ra, tishlar uchun eng xavflisi gazlangan suvlar hisoblanadi.
Bunday suvlardagi kislotaning yuqoriligi va shakarning qo‘pligi tish emallariga jiddiy shikast yetkazadi.
Bundan tashqari gazlangan va shampan vinolari ham tish emallariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Vodorod ko‘rsatkichi turli bo‘lgan vinolarda turlicha, biroq oq, risling va shabli vinolarida kislota tarkibi ancha yuqori ekanligi aniqlangan