14:54 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
241 0 0

Uchrashuvda tomonlar uzoq muddatli hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qildilar. Qoʻshimcha maʼlumot materialda.

TOSHKENT, 6 mar - Sputnik. Kecha, 5 mart kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabartini qabul qildi, deb xabar beradi matbuot xizmati.

"Shavkat Mirziyoyev Sumi Chakrabartining ikki tomonlama hamkorlikning zamonaviy darajasiga erishishdagi shaxsiy hissasi va faol saʼy-harakatlarini alohida taʼkidladi", - deyiladi bayonotda.

Suma Chakrabarti YETTB Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlar dasturini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga va sheriklik portfelini tubdan kengaytirishga tayyorligini tasdiqladi.

Infratuzilmani modernizatsiya qilish, bank sektorini, toʻqimachilik va boshqa sohalarni, kichik biznes tashabbuslarini rivojlantirish boʻyicha ustuvor loyihalarni tayyorlash va ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Shavkat Mirziyoyev prinyal glavu YEBRR: chto obsudili
Press-slujba
Shavkat Mirziyoyev prinyal glavu YEBRR: chto obsudili

Tomonlar, shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar, ilgʻor tajribalar, bilim va texnologiyalarni jalb etishga koʻmaklashishga qaratilgan qoʻshma tadbirlarning jadvali va kun tartibini muhokama qildilar.

Avvalroq, Oʻzbekiston hukumati va YETTB energetika va uy-joy-kommunal sohalaridagi loyihalar uchun umumiy qiymati 246,1 mln.dollarni tashkil qiluvchi kredit bitimini imzolagan.

Asosiy mavzular