Rossiyada chet ellik talabalarga ruxsatnoma olmasdan ishlash huquqi berildi

© StevebidmeadSMS o‘qiyotgan talabalar
SMS o‘qiyotgan talabalar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi qonunga ko‘ra Rossiyada tahsil olayotgan chet ellik talabalar endi mamlakat hududida hech qanday patentsiz ishlashi mumkin.

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti kasbiy ta’lim muassasalari va oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ish bilan ta’minlash tartibini soddalashtiruvchi qonunni imzoladi. Bu haqda  Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi ma’lum qilmoqda.

Mujchina s chemodanom v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘shni davlat OTMlarida o‘qiydigan talabalar o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirishi mumkin

Joriy yilning 5-avgust kuni kuchga kiradigan ushbu yangi qonun hujjatiga ko‘ra, bundan buyon Rossiyada o‘qishini davom ettirayotgan chet el fuqarolari maxsus ruxsatnoma yoki patent olmasdan o‘zi istagan tashkilotlarda ishlashi mumkin.

Avvalroq  esa chet ellik talabalar o‘zlari ta’lim olayotgan universitet va oliy o‘quv yurtlari tomonidan ta’sis etilgan tashkilotlarda patentsiz ishlashi mumkin bo‘lgan.

Bundan tashqari agar chet ellik talaba o‘qishni tugatgan yoki o‘z ixtiyoriga ko‘ra to‘xtatgan taqdirda, ishlashni to‘xtatish, mehnat yoki xizmat ko‘rsatish shartnomasini ham bekor qilish kerak.

Yangiliklar lentasi
0