01:48 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
879 0 0

Maxsus taktik mashqlar ichki ishlar xodimlarning bu boradagi jangovar salohiyati hamda jismoniy tayyorgarligini mustahkamlaydi, deya ishonch bildiradi IIB

TOSHKENT, 14 mar - Sputnik. Namangan shahri "Otchopar" oʻyingohida viloyat IIB tomonidan ommaviy tartibsizlikning oldini olish boʻyicha maxsus taktik-oʻquv mashqi oʻtkazildi, deb xabar qilmoqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati.

Tadbirda IIB, prokuratura, DXX, Milliy Gvardiya, FVB, Bojxona, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi va hududiy boʻlimlari hamda boshqa aloqador idoralar vakillari ishtirok etishdi. 

Mashq afsonasiga koʻra, hodisa 11 mart kuni soat 09:30 da Namangan shahar "Doʻstlik bozori" hududida roʻy beradi. Buyumlarni xarid qilish uchun kelgan 200 nafargaga yaqin fuqarolar va chakana savdo bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlar bozor hududida muntazam ravishda elektr manbai oʻchirilayotganligi natijasida plastik kartalardan savdo qilish imkoni boʻlmayotganligidan norozi boʻlib, ruxsat etilmagan namoyishni rejalashtiradilar.

Bu haqda viloyat IIB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi bataloni naryadi Namangan shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi navbatchilik qismiga maʼlum qiladi.

V Namangane proshli ucheniya po predotvraщeniyu obщestvennыx besporyadkov
V Namangane proshli ucheniya po predotvraщeniyu obщestvennыx besporyadkov

Yuzaga kelgan vaziyatga baho berib, hamkorlikdagi tezkor shtab boshligʻi-Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik A.Ataxodjayev tomonidan barcha ichki ishlar organlari maʼmuriy binolarini qoʻriqlash va mudofaa etilishi hamda ommaviy tartibsizliklarni oldini olish, jamoat tartibini saqlash, favqulodda holatlar sodir boʻlganda uning oqibatlarini bartaraf etish haqida qaror qabul qilindi va maxsus kuch-vositalari orqali vaziyat bartaraf etildi.

V Namangane proshli ucheniya po predotvraщeniyu obщestvennыx besporyadkov
V Namangane proshli ucheniya po predotvraщeniyu obщestvennыx besporyadkov

"Yurtimizga "Navroʻz" umumxalq bayrami yakinlashib kelmoqda. Ushbu bayramda shahar-u qishloqlarda, bogʻ-u xiyobonlarda turli sayillar, bayram tantanalari nishonlanadi. Namangan viloyati aholisi bayramni koʻtarinki kayfiyat va behavotir qarshi olishlari uchun ichki ishlar organlari tomonidan jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida masʼuliyatni yana bir karra oshirish lozim boʻladi. Yuqoridagi kabi maxsus taktik mashqlari esa xodimlarning bu boradagi jangovar salohiyati hamda jismoniy tayyorgarligini mustahkamlaydi", - deyiladi xabarda.

Asosiy mavzular