18:04 25 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (863)
132110

Xitoydan tarqalgan koronavirus epidemiyasi bugun hatto internet olamigacha kirib bordi. Koronavirus ijtimoiy tarmoqlarda kun mavzusiga aylangan va juda qizgʻin munozaralarga sabab boʻlmoqda

Shu kunlarda Xitoy mamlakatda koronavirus epidemiyasining pik nuqtasi ortda qolganligini maʼlum qilgan boʻlsada, ammo Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirus infektsiyasini pandemiya deb eʼlon qilganiga ham besh kun boʻldi.

Neft narxi keskin tushib ketgani va boshqa global voqealar roʻy berayotganiga qaramay, nafaqat dunyo OAVlari, balki ijtimoiy tarmoqlarning bosh mavzusi koronavirus boʻlib qolmoqda. Aslida, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari muhokamaga arzigulik birorta mavzuni hech qachon eʼtibordan chetda qoldirishmaydi ham.

Butun dunyoda katta shov-shuvlarga sabab boʻlgan koronavirus mavzusi facebook ning oʻzbek segmentida hazillar uchun bahona boʻldi, deyish mumkin.

Vahimaga berilmaslik haqida ogohlantirishlar koʻp boʻlayotganiga qaramay, internet foydalanuvchilari hamma vahima faqat Feysbukda ekanligi, oddiy hayotda hammasi osuda ekanligi haqida yozib qoldirishgan.

Misol uchun, Iqbol Kamiljanov nikli foydalanuvchi "Qoʻqonda virus yoʻq, baraka topgurlar! Qoʻqonda mexr-oqibat, moʻmin-musulmonlar duosi bordur!", - deya post qoldirgan.

© Sputnik / Ekaterina Chesnokova

"Ey, kelgan mehmonni vahima qilib, qoʻrqitib yuborayapsizlar. Shu ketishda boʻlsa, 3 haftagayam bormay, qochib ketadi", - deya hazil qilgan Nozim Ismoilov nikli foydalanuvchi.

Albatta, hazillar orasida kishini fikrlashga undovchi postlar ham bor.

Deylik, Bobur Yuldashev nikli foydalanuvchi vaziyatdan foydalanib, narx-navoni koʻtarib yuborgan sotuvchilar haqida oʻz fikrini yozib qoldirgan. "Koronovirus karantini 2 yoki 3 haftada oʻtib ketadi, lekin odamlarning asl yuzi namoyon boʻlib qolar ekan. Bozorda ozroq narsa sotib olsangiz, bu sotuvchilar mensimayapti hatto. Endi ertaga amal kursi tegib, galstuk taqqanimizda qanday qilib bunday noinsof odamlarni himoya qilamiz!? Ocharchilikni ham insoniyat yengib oʻtgan, lekin ochofatlik yomon", deya u vaqtinchalik sinovda vijdonni unutmaslikka chaqirgan.

Foydalanuvchilardan yana biri esa, epidemiya vaqtida qoʻl bilan koʻrishmaslik tavsiyasiga ishora qilgan holda "Hamma narsada bir hikmat. Zora bosh urishtirib koʻrishish esdan chiqib ketsa... Zoʻr boʻlardi...", - degan.

Feysbuk foydalanuvchilari orasida hatto "koronavirus mavzusini muhokama qilmaydigan qiz izlayotgan" oshiq yigit ham topiladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (863)

Asosiy mavzular