23:33 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
370 0 0

Ayni damda Oʻzbekiston bozorlarida odamlar kam boʻlgan vaqtda, avtobuslarning soʻnggi bekatlarida dezinfektsiya ishlari olib borilmoqda.

TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. Epidemiya tarqalishining oldini olish va uni bartaraf etish maqsadida jamoat joylarida dezinfektsiyalash ishlari olib borilmoqda.  Bu haqda Sanitariya-Epidemiologiya osoyishtaligi agentligi direktori Bahrom Almatov AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi. 

Bahrom Almatovga koʻra, Oʻzbekistonda 100 dan ortiq dezinfektsiyalovchi vositalarining roʻyxati aniqlangan va ishlatishga ruxsat berilgan. Bundan foydalangan holda jamoat joylarida, xususan avtotransportlar, yoʻnalishlar oxiri va bozorlarda odamlar kamaygach, dezinfektsiya ishlari olib borilmoqda.

— Virusning tashqi muhitda yashovchanligi esa juda ham past boʻladi. Profilaktik maqsadda amalga oshiriladigan tadbirlar samarasiga kelsak, birinchi navbatda bemorni uy sharoitida, xonadonlarda oʻtkaziladigan dezinfektsiya sharoitida davolashning samarasi yuqori, deydi, – mutaxassis.

Yana taʼkidlanishicha, bolalar bu kasallikka deyarli uchramaydi, odatda u kattalarda boʻladi. Lekin, har qanday shamollash belgilari boʻlganda, shifokorga murojaat etilishi kerak. (Bolalar virus tashuvchisi boʻlishi mumkin - tahr.)

Maʼlumot uchun, shu vaqtga qadar 8 mingga yaqin kishi karantin rejimida boʻlgan. Ulardan 5700 ga yaqiniga uyga ruxsat berilgan. Karantindagi fuqarolar uchun esa hamma imkoniyatlar qilib berilgan.

 

Asosiy mavzular