08:08 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
303 0 0

Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan begonalarni uyga kiritmaslikni iltimos qilmoqda. Bunday holatlarda “102” qisqa raqamiga yoki profilaktika inspektoriga qoʻngʻiroq qilish lozim.

TOSHKENT, 19 mar — Sputnik. Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan begonalarni uyga kiritmaslikni iltimos qildi. Chunki ular koronavirus infektsiyasiga qarshi dezinfektsiya ishlarini oʻtkazish bahonasida jinoyat sodir etish maqsadida kelgan boʻlishlari mumkin.

“Biroq shunday kimsalar borki, bunday vaziyatdan oʻz gʻarazli maqsadlari yoʻlida foydalanib qolishga harakat qilishadi. Ularning asosiy nishoni aholining eng zaif qatlami boʻlgan qariya va bolalar ekani achinarli holat, albatta”, - deya yozgan IIV matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosov.

Uning taʼkidlashicha, begonalarni ular hato koronavirus infektsiyasiga qarshi dezinfektsiya ishlarini oʻtkazishimiz kerak deganda ham uyga kiritmaslik lozim. Bu shunchaki bahona boʻlishi mumkin.

“Bu kabi talab bilan uyingizga biron bir kimsa kelgan taqdirda “102” qisqa raqamiga yoki hududingizda faoliyat yurituvchi profilaktika inspektoriga qoʻngʻiroq qilishingizni soʻraymiz”, - deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular