07:26 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
226 0 0

Toshkent shahar bosh imom xatibi Nuriddin Xoliqnazarov mamlakatga kirib kelgan epidemiyani musibat deb atadi va undan foydalangan holda pul ishlayotganlarni tanqid qildi.

TOSHKENT, 19 mar — Sputnik. Toshkent shahar bosh imom xatibi Nuriddin Xoliqnazarov mamlakat boʻylab Koronavirusning oldini olish va unga qarshi kurashish harakatlari olib borilayotgan bir paytda vaziyatdan foydalanib, narxlarni sunʼiy ravishda oshirayotganlar va ortiqcha vahimaga tushayotganlarni tanqid qildi. 

— Sunʼiy ravishda narxlar qimmat qilib olishdi. Odamlar vahimaga tushib qoldi, ocharchilik boʻlgani yoʻq azizlar, qahatchilik boʻlgani yoʻq. Xuddi oxirgi zamon boshlanib ertaga qiyomat boʻlarkan degan qabilida bor narsani yigʻishtirib, uyga olib kirish kerakmas.  Agar olloh sizga rizq qilib bermagan boʻlsa, bir tonna un olib kirsangiz ham bir tishlam yedirmasdan Olloh toʻxtatib qoʻyadi, – deya murojaat qiladi aholiga Toshkent bosh imom xatibi Nuriddin Xoliqnazarov.

— Urush davrida ham bunaqa ish qilishmagan, bir mayizni qirq kishi boʻlib yegan. Baʼzi bir qoʻshtirnoq ichidagi “tijoratchi tadbirkorlar” musibatdan, vahimadan foydalanib nafsining koʻyiga kirib, mahsulotini qimmat qilib sotayotganlar bor, ular Ollohdan qoʻrqsin... Sizning topayotgan pulingizda baraka boʻlmaydi, ularning boshiga qiyinchilik tushib turgan paytda foydalanaman, degan odam hiyonatchi odam. Vataniga, yurtiga dindoshiga hiyonat qilyapti, – deydi yana u.

Imom xatib shuningdek, viloyatlarga qatnovchi transport vositalari haydovchilarning yoʻlkira narxlarini sunʼiy ravishda 2-3 baravar qimmat narxlarga koʻtarib olganliklarini tilga oldi.

Asosiy mavzular