04:31 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (941)
498 0 0

Toshkentda jamoat transporti harakatining toʻxtatilishi aholi orasida boshqa turli mish-mishlar avj olishiga sabab boʻldi.

TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Toshkent shahrida dehqon bozorlari, shifoxonalar, dorixonalar va turli taomlarni yetkazib berish xizmati faoliyati toʻxtatilmaydi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, poytaxtda koronavirus tarqalishining oldini olish yuzasidan koʻrilayotgan choralar, jumladan, jamoat transporti harakatining toʻxtatilishi aholi orasida boshqa turli mish-mishlar avj olishiga sabab boʻlgan.

“Maʼlum qilamizki, aholining kundalik ehtiyoji inobatga olingan holda dehqon bozorlari, shifoxonalar, poliklinikalar, aptekalar, turli taomlarni yetkazib berish xizmati faoliyati toʻxtatilmaydi. Ular avvalgi tartibda ishlashni davom ettiradi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 22 mart kunidan Toshkentda jamoat transporti qatnovi toʻxtatildi. Shaharda faqat dezinfektsiya qilingan yoʻnalishsiz taksilarda yoʻlovchi tashilishiga ruxsat berildi. Oʻz navbatida, Toshkent hokimi taksichilarga murojaat qilib, ularni yoʻlkirani oshirmaslikka chaqirdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (941)

Asosiy mavzular