04:27 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (941)
740 0 0

Ulamolar kengashining koronavirus (COVID-19) infektsiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha fatvosida ham “Janoza namozlari vafot etganning yaqin qarindoshlari ishtirokida xonadonlarda oʻqilsin”, deya alohida taʼkidlangan.

TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hayʼati koronavirus tufayli karantin choralari sharoitida maʼraka va marosimlar xonadonlarda ixcham tarzda oʻtkazilishini eslatib oʻtdi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining koronavirus (COVID-19) infektsiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha fatvosida ham “Janoza namozlari vafot etganning yaqin qarindoshlari ishtirokida xonadonlarda oʻqilsin”, deya alohida taʼkidlangan edi.

Maʼlum qilinishicha, mayitga janoza namozini oʻqish farzi kifoya boʻlib, vafot etganning yaqinlari ishtirokida ado etilsa ham boʻladi.

Taʼkidlanishicha, janoza, dafn va taʼziya marosimlarini ixcham tarzda oʻtkazish barobarida epidemiya hamda karantin davridagi talablar, xususan, gigiyena qoidalariga qoʻllarni yuvish, tibbiy niqoblarni taqish va boshqalarga jiddiy amal qilish lozim boʻladi. Shuningdek, maxsus komissiya qarorida qayd etilganidek, xudoyilar ham 10-15 kishi atrofida oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 23 martdan toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar singari ommaviy tadbirlar oʻtkazilishi bekor qilinadi. Ushbu marosimlarni zarur boʻlgan taqdirdagina ixcham holda, yaqinlar bilan birga 10-15 kishi ishtirokida oʻtkazish tavsiya etiladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (941)

Asosiy mavzular