05:05 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
204 0 0

Novosibirsk aeroportida qolib ketgan 253 nafar fuqaro Oʻzbekiston havo yoʻllarining maxsus charter parvozi bilan vataniga olib kelindi.

TOSHKENT, 23 mar - Sputnik. Kecha 22-mart kuni Oʻzbekiston havo yoʻllari aviakompaniyasi Novosibirsk shahrining "Tolmachevo" aeroportidan Toshkentga 253 nafar yoʻlovchini charter parvozi bilan olib keldi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

Yoʻlovchilarning barchasi Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan. Ushbu parvoz Tashqi ishlar, Transport vazirliklari mutasaddilari hamda charter qatnovlar boʻyicha maxsus komissiya koʻmagida amalga oshirilgan.   

Eslatib oʻtamiz, 19 mart kuni Rossiyada xalqaro parvozlar cheklanishi munosabati bilan Moskvaning Sheremetyevo hamda Novosibirskning Tolmachevo aeroportlarida bir guruh oʻzbekistonlik yoʻlovchilar qolib ketgani haqida xabarlar paydo boʻlgan edi.

TIV xabariga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekiston elchixonalarda tashkil etilgan operativ shtablarga 5852 nafar Oʻzbekiston fuqarolari hamda 2820 nafar chet el fuqarolari vatanga qaytishni soʻrab murojaat qilishgan. Ayni damda Turli yoʻnalishlarda 19 ta charter reyslari, Rossiya, Turkiya va Koreyadan muntazam charter reyslarini tashkillashtirish boʻyicha kelishuvga erishilgan.

 

Asosiy mavzular