05:05 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Jamiyat
Havola olish
521 0 0

Odatda muxlislar diqqat markazida boʻladigan sanʼatkorlar bugun karantinda nima bilan mashgʻul? Bu haqda Sputnik reportajini oʻqing

TOSHKENT, 23 mar - Sputnik. Koronavirus hammaning hayotini oʻzgartirib yubordi, ammo hech kim unga taslim boʻlmoqchi emas. Jamoatchilik toʻplanadigan joylar yopiq, deb eʼlon qilingani bilan, oʻzbek sanʼatkorlari ishsiz oʻtirmagani maʼlum boʻldi: kimdir repetitsiya qilib, muxlislar uchun onlayn kontsertlar qoʻyayotgan boʻlsa, kimdir bekorchilikda yostiqlar jangini oʻtkazmoqda. 

DJ Piligrimdan yangi tarona premyerasi

— Ayni damda uyda, ijod bilan bandman. "Man daydi" nomli yangi yozilgan qoʻshigʻimning premyerasini ham jonli efirda oʻtkazmoqchiman. Umuman, karantinda sanitariya-gigiyenik qoidalariga eʼtibor berib, oʻzimning odatiy hayotimda yashayapman. Deyarli koʻchaga chiqmayapman, toza havoda tabiat qoʻynida sayr qilib kelyapman, xolos. Muxlislarga esa vahimaga berilmasdan hotirjam boʻlishni, vaqtlarini xursandchilik bilan oʻtkazishlarini maslahat beraman.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot DJ Piligrim (official) (@djpiligrim)

Munisa Rizayeva oila davrasida

— Xizmatlar boʻlsa, chiqib turibman. Qolgan paytda uyda, oilam davrasida vaqt oʻtkazyapman. Baribir oila davrasida boʻlishga nima yetsin? Keyin albatta, antiseptik vositalardan foydalanib, qoʻllarni tez-tez sovunlab yuvib turibmiz. Boʻsh paytlarda esa singlim bilan yostiq jangi oʻynayapmiz(kuladi).

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Munisa Rizaeva (Singer) (@munisarizaeva)

Rayhon yangi qoʻshiqlar ustida ishlayapti

— Koʻpchilik biladi, yaqinda yakkaxon kontsert dasturimni taqdim etdim. Shu bois, bugun hech qayerga chiqmasdan, uyda bolalarim bilan birga hordiq chiqarayapman. Boʻsh vaqtimda ijod bilan shugʻullanib, yangi qoʻshiqlar gʻoyasi bilan tanishib turibman. Hammaga bir gapni takrorlayapman, muxlislarga ham shuni aytmoqchi edim: ortiqcha havotirga berilmasdan, sabr qilib, oʻzlarini ehtiyot qilib yurishlarini... Hammasi oʻtib ketadi, hammasi yaxshi boʻladi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Rayxon Ganiyeva (@rayhonganieva)

Ozoda Nursaidova sport bilan mashgʻul

— Uyda ijod bilan shugʻullanyapman. Koʻproq vaqtim tadbir, toʻy va teledasturlarda oʻtayotganligi bois, oila davrasida kamroq boʻlayotgandim. Mana endi imkoniyat boʻldi, uyda oʻtirib, hamma bajarilmay qolgan ishlarimni bitirib, oʻz ustimda ishlayapman. Vazn toʻplamaslik uchun uyda sport bilan shugʻullanyapman. Muxlislarga esa qoʻrqmasliklarini, immunitetlarini koʻtarib, shamollab qolmaslikka harakat qilishlarini tavsiya qilaman.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot O Z O D A (@ozodaofficial)

Shoxjahon Joʻrayev niqob taqishni maslahat beradi

— Karantin vaqtida yangi qoʻshiqlar ustida izlanyapman. Qolaversa, oilam bilan bandman. Xizmat boʻlib qolsa chiqib turibman, asosan uyda vaqtimni oʻtkazyapman.  Shu bois karantin ijodimga xalaqit qilmayapti. Muxlislarni esa Navroʻz ayyomi bilan tabriklab, ularga hotirjamlikni saqlashni maslahat beraman. Xudo xohlasa, bu virusni yengamiz. Har bir oʻzini hurmat qilgan inson kabi, men ham sanitariya va gigiyenik qoidalarga rioya qilyapman, kerak paytda tibbiy niqobni taqib yuribman.

Shoxjahon Joʻrayev / Instagram
Shoxjahon Joʻrayev

Xonanda Shahzoda esa ayni karantin davrida farzandlari bilan dala hovlida boʻlganligi bois, u bilan aloqa oʻrnatishning iloji boʻlmadi. 

Yulduz Usmonova:  — Mana dunyoda tarqalgan illatdan bizga ham yetib kelibdi. Hammamizdan iltimos qilingan uyda oʻtiringlar deb, mana oʻtiribmiz.  Uyda oʻtirsak, bu kasallik oʻn besh kunda tugaydi, qutulamiz.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot 𝗬𝗨𝗟𝗗𝗨𝗭 𝗨𝗦𝗠𝗢𝗡𝗢𝗩𝗔 (@yulduzusmonovamusic)

Zohirshoh Joʻrayev: koʻchaga chiqmang!

— Hozirgi kunda koʻproq vaqtni oila davrasida oʻtkazib, ijod bilan bandman. Koʻchaga zarur ish boʻlmasa, deyarli chiqmayapman. Muxlislarga ham shuni tavsiya qilaman. Aytmoqchimanki, har doim, ayniqsa shu kunlarda bir-birimizga mehribon boʻlaylik, har xil axborot xurujlari, vahimali xabarlarga eʼtibor bermaylik.

Zohirshoh Joʻrayev / Instagram
Zohirshoh Joʻrayev

Zulayho Boyxonova: televizor koʻring, sizlar uchun ijod qilyapmiz

— Shu paytgacha ortga surilib kelayotgan, amalga oshirishga ulgurmagan ishlarga mana shu kunlarda eʼtibor beringlar, televizorlarni yoqing, TVda sizlar uchun har kuni kontsertlar beryapmiz. Kayfiyatingiz hamisha aʼlo boʻlsin!

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Zulayho Boyxonova (@zulayhoboyxonova)

Asosiy mavzular