20:10 04 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
228 0 0

"Vnukovo" aeroportida charter parvozini kutayotgan oʻzbekistonliklarga vaqtinchalik yashash joyi va 3 mahal issiq ovqat taklif qilindi. 

TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Oʻzbekistonning Moskvadagi Elchixonasi tomonidan qiyin vaziyatga tushib qolgan oʻzbekistonliklarga yordam berilgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining axborot xizmati maʼlum qilmoqda. 

“Vnukovo” aeroporti rahbariyati tomonidan oʻzbekistonliklarning vaqtinchalik turishlari uchun “B” terminali ajratilgan, ushbu qism tibbiy punkt, hojatxona, issiq ovqat va mebel jihozlari bilan taʼminlangan.

Oʻzbekistonliklar ushbu terminaldan faqat kuniga 3 marotaba ovqatlanish uchun foydalanishmoqda. 

Elchixona tomonidan, Oʻzbekiston hukumati mablagʻi evaziga, ushbu yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida, 3 mahal issiq ovqat bilan taʼminlangan vaqtinchalik yashash joyi ham taklif qilingan edi, lekin yoʻlovchilar baribir aeroportning kutish zalida qolishni maʼqul koʻrishmoqda, deyilgan TIV xabarida.

Shuningdek, Vnukovo aeroporti orqali vataniga qaytishni istagan oʻzbekistonliklar soni koʻpayganda, ular oldindan vaqtincha yashash joylariga joylashtirilishi xabar qilingan. 

Elchixona huzurida tashkil qilingan operativ shtab, oʻzbekistonliklardan yangi charter reyslari tashkil etilguniga qadar shaxsiy maʼlumotlarni va telefon raqamlarini “Vnukovo” aeroportidagi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” AJ vakolatxonasiga topshirishlari soʻramoqda.

Eslatib oʻtamiz, koronavirus epidemiyasi tufayli Oʻzbekiston va xorijiy davlatlar orasida xalqaro havo, avtomobil va temir yoʻl aloqalari toʻxtatilganidan soʻng Rossiya va Turkiya va boshqa davlatlar aeroportlarida merakkab vaziyatga tushib qolgan oʻzbekiston fuqarolariga yordam berilmoqda. kecha Novosibirskda 253 nafar yoʻlovchi charter parvoz bilan Oʻzbekistonga qaytarildi.

Grajdane respubliki Uzbekistan v aeroportu Vnukovo
Posolstvo respubliki Uzbekistan v RF
Grajdane respubliki Uzbekistan v aeroportu Vnukovo

Bundan tashqari, oʻzbekistonlik talabalarni Rossiya oliy taʼlim muassasalari yotoqxonalaridan chiqarib yubormaslik masalasi hal etilgan, COVID-19 virusi RNK ni aniqlash uchun test-tizimlari olinib, oʻzbekistonliklarni Rossiyadan olib qaytish uchun 5 ta charter reysi va 3 ta temir yoʻl poyezdi tashkil etilgan.

Stolovaya v aeroportu Vnukovo
Posolstvo respubliki Uzbekistan v RF
Stolovaya v aeroportu Vnukovo

Shuningdek, Oʻzbekistonga qayta olmaydigan, aviachiptasi bor fuqarolar soni koʻpayib oʻz vaqtida murojaat boʻlganida, Elchixona tomonidan ularni joylashtirish choralari koʻrilishi aytilmoqda.

Dvuxʼyarusnыe krovati v aeroportu Vnukovo
Posolstvo respubliki Uzbekistan v RF
Dvuxʼyarusnыe krovati v aeroportu Vnukovo

Asosiy mavzular