05:08 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (941)
272 0 0

Taʼkidlanishicha, reyslarning aniq vaqti haqidagi maʼlumotlar rasmiy kanallar orqali oʻz vaqtida eʼlon qilinadi.

TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Ekipajlarning karantinda boʻlishi sababli charter reyslar 3 kunga qoldirildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

“Hozirgi epidemiologik vaziyat sharoitida, xususan, “Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi ekipaji noqulay epidemiologik holatdagi mamlakatlardan qaytganidan soʻng karantinda boʻlishi sababli, reyslarni tashkil qilish 3 kunga qoldirildi”, - deyilgan xabarda.

Xabarda reyslarning aniq vaqti haqidagi maʼlumotlar rasmiy kanallar orqali oʻz vaqtida eʼlon qilinishi qoʻshimcha qilingan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiyaning Novosibirsk shahri aeroportida qolib ketgan fuqarolar Oʻzbekistonga olib kelingani xabar qilingan edi. Oʻzbekiston vatanga qaytish istagini bildirgan fuqarolarga koʻmaklashishda davom etmoqda. Ayni damda turli yoʻnalishlarda 19 ta charter reyslari, Rossiya, Turkiya va Koreyadan muntazam charter reyslarini tashkillashtirish boʻyicha kelishuvga erishilgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (941)

Asosiy mavzular