05:42 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Jamiyat
Havola olish
327 0 0

Karantin davrida ijtimoiy tarmoqlarda yolgʻonchilikda biri-biridan oʻzgan “feyk” xabarlar tarqalganini eslaymiz...

TOSHKENT, 24 mar - Sputnik. Koronavirus jamiyat turmush tarzini oʻzgartirib yuborayotgan vaqtda ijtimoiy tarmoqlardagi moʻmay daromad olish yo hech boʻlmasa biroz shov-shuv koʻtarib oʻz kanalidagi obunachilar sonini oshirmoqchi boʻlganlar koʻpaydi. Quyida shular haqida toʻxtalamiz.

Ichki ishlar vazirligida Bosh prokuratura hamda boshqa mutasaddi organlar bilan birgalikda olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida esa ayni karantin vaqtida mamlakatdagi haqiqiy vaziyatni sohtalashtirib talqin qilib kelgan  33 ta soxta akkaunt aniqlandi.

Joriy yilning 23 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda goʻyoki koronavirusga qarshi vaktsina yaratilgani, bu haqda AQSH prezidenti Donald Tramp xabar bergani haqida xabar tarqatildi.  

Bir ozdan soʻng esa karantin vaqtida rasman tashkil etilgan “CoronavirusInfo” kanali orqali ushbu xabarning “feyk” ekanligi tasdiqlandi va hozircha  karantinni davolay oladigan hech qanday vaktsina yaratilmagani, bu dori emas, balki  virus bor - yoʻqligini aniqlovchi test ekanligi aytildi.

Sots. seti
Feyki pro koronarvirus - lekarstvo

Avvalroq  «karantin doirasida avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari yopiladi»  degan asossiz  xabar  tarqatilib, hech qancha vaqt boʻlmay, bu xabar ham yolgʻon ekanligi “CoronavirusInfo” kanali orqali maʼlum qilindi.

Shuningdek, «Har bir fuqaroga haftasiga 300 ming soʻmdan berilishi» haqidagi xabar ham xuddi shunday rad etildi.

Internet tarmoqlarda yana Chilonzor tumani, Qatortol koʻchasidagi dorixonada Qoronavirusga qarshi dori vositasi mavjudligi toʻgʻrisida eʼlon osilgan suratlar tarqaldi.

Xabar tarqalgach, dorixona rahbari orqali ushbu eʼlonni olib tashlandi va  tekshirilmagan maʼlumotlarni tarqatmaslik boʻyicha tushuntirish ishlari oʻtkazildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Koronavirus oʻpkaga oʻtishidan avval, tomoqda 4 kungacha saqlanib turishi, shu paytda yoʻtal va tomoq ogʻriq boshlanishi, agar shu davrda koʻp suv ichilsa, tuz va uksusli suvda tomoq chayqalsa, virus yoʻqolishi” mazmunida tarqalgan xabar yuzasidan ham Bosh prokuratura xuzuridagi Departamentning axborot xizmati orqali raddiya berildi.

Yana «Bugun 23:00 va tonggi 5:00 gacha vertolyotlar dezinfektsiya uchun dori sepadi. Deraza va balkonlar yopiq boʻlishi lozim va 23:00dan soʻng koʻchalarda yurish mumkin emas. Harbiy qismdan xabar berishdi» kabi tarqatilgan  xabar ham bir ozdan soʻng “feyk” boʻlib chiqdi.   

«Doʻkonlar, avtobuslar va koʻchalarda bolalar  aniqlansa, ota-onalari jarimaga tortiladi», mazmunidagi tarqalgan xabarning asossiz ekanligi haqida zudlik bilan maʼlum qilindi.

Xullas quyida yuqoridagi kabi asossiz tarqatilgan yana bir qancha “feyk” xabarlar haqida eslash mumkin;

  • "Xavfsizlikni taʼminlash maqsadida ertadan boshlab maktablarda reydlar oʻtkaziladi. Maktabda qoʻshimcha darslar yoki toʻgaraklarda ishtirok etayotgan oʻquvchilar aniqlansa, maktablar jarimaga tortiladi";
  • Koronavirus kasalligi tufayli oʻlim holati aniqlangani;
  • Telefon qoʻngʻiroqlar va xabarlar yozilishi, ijtimoiy tarmoqlarning monitoring qilib borilishi toʻgʻrisida;
  • "GroupSurxondaryo" guruhidagi koronavirus haqida, yaʼni, “Jo`rabayevada Bor ekan 2 kishi aniqlandi 30 daqiqa oldin” degan mazmundagi odamlarni chalgʻituvchi, jamiyatda vahima uygʻotuvchi yolgʻon maʼlumot shular jumlasidandir;
  • Yuqoridagi kabi tarqalgan har bir xabarga rasman tashkil etilgan “Koronavirus Info” kanali orqali raddiya berilishi barobarida, uning haqiqatga toʻgʻri kelmasligi, buning uchun jarima jazosi belgilangani haqida ham ogohlantirildi.  

Vahimali va “feyk” xabarlarni tarqatgan shaxslarga nisbatan 66 mln 900 ming soʻmdan 89 mln 200 ming soʻmgacha miqdorda jarima, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosining begilanishi aytildi.

Ichki ishlar vazirligida Bosh prokuratura hamda boshqa mutasaddi organlar bilan birgalikda olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida esa ayni karantin vaqtida mamlakatdagi haqiqiy vaziyatni sohtalashtirib talqin qilib kelgan  33 ta soxta akkaunt aniqlandi.

 Ulardan 13 nafari Oʻzbekiston fuqarolari boʻlib,  toʻqqiz nafari bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi. Toʻrt nafarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunda belgilangan tartibda jazo choralari koʻrilishi aytildi.

Asosiy mavzular